Signallar va tizimlar haqida umumiy tushunchalar va ularni turlarga ajratish Reja: Informatsiya, signal, elektr signali. Signallarni turlari Signallarni parametrlari. Aloqa kanalining parametrlari Signallar va tizimlar fanini talabalarga o'rgatishdan maqsad telekommunikatsiya va axborot uzatish tizimlarining umumlashgan nazariyasini zamonaviy matematik modellarni qo'llab tahlil etish, tizimlarda foydalaniladigan turli signallar, ularning vaqt va chastota funksiyalari ko'rinishidagi matematik modellari, signallarga raqamli ishlov berish usullaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Signallar va tizimlar fanini o'qitishdan maqsad talabalarda telekommunikatsiya va axborot uzatish tizimlarida foydalaniladigan signallarni tahlil etish, ularni asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha taqqoslash, qo'yilgan talab asosida signalning eng mutanosibini tanlash, tizimlar va ularni zamonaviy matematik modellari asosida tahlil etishga o'rgatish, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Informatsiya, signal, elektr signali Informatsiya - bu har xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik hodisalar to'g'risidagi ma'lumotdir. Informatsiyani uzatish uchun uni ma'lum bir shaklga keltirish lozim (tekst, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar). Bunday shakllanish natijasida informatsiya xabarga aylanadi. Xabarni fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatish uchun xabarni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz, ya'ni uni signalga aylantirishimiz lozim. Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o'zgarishiga aytiladi. Elektr signali deb - elektr jarayonining bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o'zgarishiga aytiladi. Shovqin ham xuddi signalga o'xshab vaqt bo'yicha o'zgaruvchi jarayondir. Ammo u hech qanday informatsiyani o'z ichiga olmaydi. Shuning uchun u signalga zararli ta'sir qiluvchi jarayondir. Signallarning turlari 1.1 rasm. Uzluksiz signal 1.2 rasm. Vaqt bo'yicha diskret signal 1.3 rasm. Ko'p sathli, vaqt bo'yicha uzluksiz signal 1.4 rasm. Raqamli signal Signallarni o'zgarishi va qayta ishlovi tizimlarda amalga oshiriladi. Signallarni o'zgartirish va qayta ishlov berish tizimlari qurilmalarda yoki kompyuterlarda programmalar yordamida amalga oshiriladi. XM - Xabar manbayi. XSA - Xabarni signalga aylantirgich - xabarni birlamchi elektr signaliga aylantirib beradi. o'z - Uzatgich - birlamchi elektr signalini aloqa liniyasidan uzatishga mo'ljallangan signalga aylantirib beradi . AL - Aloqa liniyasi, signalni yo'naltiruvchi muhit. QQ - Qabul qilgich - aloqa liniyasidan kelgan signalni qabul qilib uni birlamchi elektr signalga aylantirib beradi. SXA - Signalni xabarga aylantirgich - birlamchi elektr signalini xabarga aylantirib beradi. XI - Xabar iste'molchisi. UT - Uzatish tomoni. QQT - Qabul qilgich tomoni. AS - Diskret aloqa sistemasi. si(t) - Aloqa liniyasi bo'yicha uzatilishga moslashtirilgan signal. ai(t) - Xabar v i(t) - Birlamchi elektr signali. si(t) - Aloqa liniyasi bo'yicha uzatilishga moslashtirilgan signal. Signallarni parametrlari Real aloqa kanallaridan signallarga xalaqitlar ta'sir qiladi. Agar xalaqit signal bilan qo'shilsa bu additiv halaqit bo'ladi. Bunday xalaqitlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.22 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
135.22 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: doc