Signallar Reja: a) Elektr signallari va ularning turlari. b) Signal spektri. Spektral diagrammalar. v) Signalni uzlukli (diskret) signallarga aylantirish. g) Raqamli signallar. Xulosa Voqiya hodisa yoki narsa (predmet) haqidagi ma'lumot - axborotni tashuvchi har qanday fizik kattalik signal deb ataladi. Axborotlar turli xil bo'lishi mumkin. Masalan, odamni tovushi, musiqa sadosi, tasvirlar, kosmik nurlanishlar va boshqalar. Radioelektron qurilmalar ularni elektr toki, kuchlanishi yoki quvvati ko'rinishida ifodalanadigan elektr tebranishlariga aylantirib beradi. Shunga ko'ra bunday tebranishlar ifodalash signali- videosignallar deb ataladi. Videosignallar bevosita yuqori chastotali tebranishga aylantirilgach (modulyatsiyalangach) uzatilishi mumkin. Yuqori chastotali modulyatsiyalangan signallar-radiosignal, qolganlari esa boshqaruvchi signal deyiladi. Signal vaqt bo'yicha tasodifiy qonun bo'yicha o'zgaradigan funksiya orqali ifodalanadigan kattalikdir. Signallar, odatda aniqlangan (ma'lum) va tasodifiy signallarga ajaratiladi. O'zgarishi vaqt bo'yicha analitik funksiya ko'rinishida ifodalanishi mumkin bo'lgan signallar analitik aniqlangan signal deb qolgani esa, tasodifiy signal deb yuritiladi. Aniqlangan signallarga tok kuchi, kuchlanishi, elektr zaryadi va boshqalarning garmonik yoki impuls ko'rinishidagi o'zgarishi misol bo'ladi. Chunki ularning shakli, kattaligi vaqt bo'yicha aniq qonun bo'yicha o'zgaradi. Nutq, musiqa, telegraf va boshqalarni ifodalaydigan elektr tebranishlari tasodifiy signaldir. Signallar davriy va davriy emas - uzlukli bo'ladi. Agar signalning funksiyasi - t oraliqda uzluksiz o'zgarsa bunday signal davriy signal aks holda u davriy bo'lmaydi. Sof garmonik qonun bo'yicha o'zgaradigan aniqlangan signal monoxromatik signal deb ataladi. Signallarning uzatishda ularning vaqt oralig'i yoki amplituda qiymatlari bo'yicha bo'laklarga ajratish - darajalashdan foydalaniladi. Ham vaqt ham qiymat bo'yicha sathlarga ajratilgan (darajalangan) diskrit signal raqamli signal deb ataladi. Signalning ta'siri mavjud bo'lgan vaqt oralig'i signalning davom etish vaqti deb ataladi. Signal oniy quvvatining eng katta qiymati uning eng kichik qiymatiga nisbati dinamik diapazon deyiladi. Uning uchinchi parametri spektr kengligi - signalning o'zgarish tezligini xarakterlovchi kattalikdir. Signal real radioelektron qurilmalardan o'tishda albatta o'zgarishga uchrayd, signalni qabul qilishni qiyinlashtiradigan har qanday zararli ta'sir halaqit deb ataladi. Halaqitga qo'shni radiositansiyalarning atmosferadagi elektr jarayonlar (chaqmoq) fluktatsiyalardan hosil bo'ladigan halaqitlar. Signalni uzlukli signalga aylantirish. Kotelnikov teoremasi. Radioelektron sistema orqali informatsiya uzluksiz yoki uzlukli-diskret signal ko'rinishida uzatilishi mumkin. Uzluksiz signalda informatsiya miqdori cheksiz, diskret signalda esa chekli bo'ladi. Ularni aloqa sistemasidan o'tishida informatsiya yo'qolishi uzluksiz signal uzatilgandagidan kamroq bo'ladi. Shuning uchun signalning uzlukli holidan informatsiya uzatishda keng foydalaniladi. Uzluksiz signal ikki xil - vaqt yoki sath bo'yicha uzlukli signalga aylantiriladi. Uzluksiz signalni vaqt bo'yicha uzlukli bo'laklarga ajratib uzatishda t vaqt oralig'i bir xil qilib olinganda bo'lakchalar impulslarining amplitudalari turli qiymatli, amplituda sathlari bir xil qilib olinganda esa vaqt oraliqlari turlicha kattalikka ega bo'ladi (1- rasm). 1-rasm. Signalni vaqt bo'yicha ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.82 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.82 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: doc