Signallarga uzluksiz va raqamli ishlov berish Reja: Vaqt bo'yicha bir xil va turlicha diskretizatsiyalash. Impulsli modulyatsiya turlari. 3.Diskret modulyatsiyalangan (KIM, ChIM, FIM, AIM) signallarni tahlil qilish. 7.1-rasm . Signallarni raqamli holda uzatish tizimining strukturaviy sxemasi SM-signallar manbai, D- diskretlash,KV-kvantlash,K-kodlash,AL-aloqa liniyasi,RAO- raqamli analog o'zgartirgich. Signallarga uzluksiz va raqamli ishlov berish Haqiqiy signallar ko'p hollarda ularga qandaydir ishlov berishdan oldin filtrdan o'tkaziladi. Filtr chiqishida uning spektri 0÷G'yu yoki G'1÷G'2 oralig'ida bo'ladi. Signal spektri aloqa tizimi turiga va tizimga qo'yilgan talablarga bog'liq. Masalan, diskret xabarlarni uzatishda - uzatish tezligiga, teleko'rsatuv tizimlarida - qabul qilingan standartga, radioeshittirishda - uning toifasiga va h. ga bog'liq. V.A. Kotelnikov uzluksiz (analog) signallarni diskretizatsiyalash haqidagi teoremasini 1933 yilda Ochiq fazoning va simning signal uzatish qobilyati haqidagi ilmiy ishida keltirgan. Ushbu teoremaga asosan spektri yuqori chastotasi G'yu dan katta bo'lmagan uzluksiz funksiya f (t) o'zining oraliqlarida olingan qiymatlari orqali qayta tiklanishi mumkin. rasm. Signallarni vaqt diskretlash Kvantlash jarayoni, Sath bo'yicha kvantlashda kvantlash oraligi kuyidagicha olinadi: b min L-kvant sathlar soni n=log2L - kvantlar soni Kvantlash jarayonidan kurinib turibdiki oniy qiymatlar uchun olingan sathlarda xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Bu xatolik quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Е Kvantlash xatoligini butunlay yo'qotib bo'lmaydi, uni faqat kamaytirish mumkin. Kamaytirish usullaridan biri kvantlash oralig'i Δb ni kamaytirish mumkin, lekin bu usul IKM signallarda kodlarning razryadlar sonini oshiradi. Natijada IKM kengayadi. Ko'pgina hollarda kvantlash xatoligini yo'qotish maqsadida nochiziqli kvantlash amalga oshiriladi. Bunda signal oldin kompressor yordamida siqiladi, keyin teng qadamli kvantlanib qabul qilish tomonida ekspander yordamida kengaytiriladi. 7.3- rasm. Signallarni vaqt diskretlash, kvantlash, kodlash vaqt diagrammalari 7.3- rasm. Nochiziqli kvantlash jarayoni Impulsli modulyatsiya turlari Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligi chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslar takrorlanish chastotasi fi modulyatsiyalovchi analog signal maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo'lishi shart. Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari 7.4-rasmda keltirilgan. 1. Impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), bunda impulslar ketmaketligi amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o'zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyalanganda impuls amplitudasi quyidagicha o'zgaradi: IAM signallar ikki xil bo'lishi mumkin: birinchi tur IAM-I, bunda impulslar oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o'zgaradi; ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o'zgarmas bo'lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (14.5v-rasm). 2. Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslar (kengligi) davomiyligi o'zgaradi. Impulslar davomiyligi modulyatsiyalanganda impulslar kengligi quyidagicha o'zgaradi: bunda, impulsning bir tomonga maksimal kengayishi. 7.4-rasm. Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari IDM ikki turli bo'lishi mumkin (14.5g-rasm): impulsning takt chizig'iga nisbatan faqat ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
263.95 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
263.95 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: doc