Mavzu: Sinxron motorning tuzilishi va ishlashi Mavzu bo'yicha reja: Umumiy tushunchalar. Sinxron motor. Sinxron motorning tuzilishi. Sinxron motorning ishlashi. O'zgarmas tok mashinasi singari sinxron mashina xam motor va generator rejimida ishlaydi. Sinxron motorning konstruksiyasi generatornikidan farq qilmaydi. Sinxron mashinani motor rejimida ishlatish uchun uning stator chulg'amiga uch fazali, rotor chulg'amiga esa o'zgarmas tok beriladi. SINXRON MOTOR bunda f - o'zgaruvchan tokning chastotasi; p-stator chulg'amiga berilgan tokdan hosil bo'lgan magnit maydonning juft qutblar soni. SINXRON MOTOR Stator chulg'amiga berilgan uch fazali tokda aylanuvchi magnit maydon hosil bo'lib, uning tezligi quyidagicha bo'ladi. Statordagi aylanuvchi magnit maydoni bilan rotordagi tokning o'zaro ta'siri natijasida elektromagnit moment hosil bo'ladi. Elektromagnit momentning ta'sirida motor rotori statordagi aylanuvchi magnit maydon yo'nalishida aylana boshlaydi. Statordagi aylanuvchi magnit maydon N yoki S kutbi rotor magnit maydonidagi ularga teskari bo'lgan qutblari bilan elastik zanjir singari bog'lanishga egaligi sababli rotorning aylanish chastotasi ham n=60fp bo'ladi. Rotorning statordagi aylanuvchi magnit maydon chastotasiga teng bo'lgan aylanish chastotasi sinxron chastota deb, bunday motor esa SINXRON MOTOR deb ataladi. Sinxron motorning ishlash rejimlarida uning stator va rotor magnit maydonlarining o'qlari orasidagi burchak quyidagicha bo'ladi. Salt ishlash rejimi - Yuklama rejimi - Rasm-1. Sinxron motorning ishlash prinsipi: a-salt ishlash; b-yuklama rejimlari. Motor yuklamasi ortib borishi bilan ϴ ning qiymati ham ortib boradi. Ammo yuklama nominal va undan bir oz katta qiymatgacha o'zgarishida ham motorning chastotasi o'zgarmas sinxron qiymatga ega bo'lib qolaveradi. Agar yuklama haddan tashqari katta bo'lsa, u holda bo'lib, elastik bog'lanish go'yo uziladi va motor sinxronlashtirilgan rejimda ishlay olmay, uning chastotasi sinxron qiymatdan pasaya boshlaydi. Bunday rejimda motorni ishlatish mumkin emas. 2-rasm. Sinxron motorning mexanik xarakteristikasi. Aylantiruvchi momentning o'zgarishi n=60fp=const bo'lgani tufayli sinxron motorning mexanik xarakteristikasi abtsissa o'qiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziq bilan ifodalanadi, yani uning chastotasi yuklamaga bog'liq bo'lmaydi. Sinxron motor afzalligi sosφ=1 gacha ishlay oladi. 3-rasm. Sinxron motorning burchak xarakteristikasi. 4-rasm. Ayon qutbli sinxron motorning burchak xarakteristikasi. 5-rasm. Sinxron motorni ishga tushirish sxemasi. Sinxron motorning ishga tushirish toki Iisht=(3-8)In bo'lib, ishga tushirish momenti esa Misht=(0,5-2)Mn bo'ladi. yuqori chastotali motorda Iisht ning qiymati past chastotali motorga nisbatan katta bo'ladi. Katta quvvatli sinxron motorlarni ishga tushirishda, elektr tarmogidagi kuchlanish xam stator chulgamiga ta'sir etadigan dinamik kuchlarni kamaytirish uchun, ularni reaktor yoki avtotransformator orqali ulanadi. Natijada, stator chulgamiga beriladigan kuchlanish nominalga nisbatan pasayib, Iisht qiymati xam birmuncha pasaytiriladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
116.78 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
116.78 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:11 ]
Arxiv ichida: ppt