7-sinf fizika darsligi asosida 33-mavzu: Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish Sirpanish ishqalanish Sirpanish ishqalanish - bu bir jism yuzasi bo'ylab boshqa jism sirpanib harakatlanganida vujudga keladigan ishqalanishdir. Masalan, stol ustidagi kitobni siljitganda, sirpanish ishqalanish hosil bo'ladi. 109-a rasmda tasvirlangan jismni dinamometr orqali tortib, joyidan qo'zg'atamiz. Jism joyidan qo'zg'alish paytida dinamometrning ko'rsatishi keskin kamayadi. Dinamometrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak, dinamometrning ko'rsatishi o'zgarmay qoladi. Dinamometr ko'rsatishining ana shu o'zgarmas qiymati sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) ga teng bo'ladi. Demak, sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi (109-b rasm). Agar sirpanayotgan jism ustiga yuk qo'ysak, o'lchanayotgan ishqalanish kuchi ortadi. Tajribaning ko'rsatishicha, gorizontal yo'nalishda tekis harakatlanayotgan jismga ta'sir etuvchi F kuch jismning og'irligi P = mg ga to'g'ri proporsional. Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism ishqalanayotgan yuzaga qanday kuch bilan ta'sir etsa, bu yuza ham jismga shunday kuch bilan aks ta'sir qiladi (110- rasm). Sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) jismga ta'sir etuvchi kuch F ga miqdor jihatdan teng. Aks ta'sir kuchi tayanchning reaksiya kuchi - N deyiladi. Bu kuch doimo yuzaga perpendikulyar yo'nalgan bo'ladi. Demak, sirpanish ishqalanish kuchi - Fi(s) jismning reaksiya kuchi - N ga to'g'ri proporsional: bunda μ (myu) - sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti bo'lib, uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning modda turiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog'liq. Sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini (1) formuladan topamiz: Ba'zi juft materiallar uchun sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 3-jadvalda keltirilgan. Dumalanish ishqalanish Bir jism ikkinchi jism yuzasi bo'ylab sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bo'lgan ishqalanish dumalanish ishqalanish deyiladi. G'ildiraklar g'ildiraganda, bochka yoki g'o'lalar dumalatilganda, dumalanish ishqalanish namoyon bo'ladi. Dumalanish ishqalanish hosil bo'lishining asosiy sababi g'ildirak tegib turgan sirtning og'irlik kuchi ta'sirida chuqurcha paydo bo'lib deformatsiyalanishidir. G'ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo'lsa, g'ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) shuncha kichik bo'ladi (11- rasm). Temir yo'lning temir izlarida ishqalanish kuchi juda kichik bo'lishining sababi ham shunda. Har qanday jismning dumalanish ishqalanish kuchini o'lchash mumkin. Buning uchun aravacha dinamometr orqali bir xil tezlikda tortiladi. Bunda aravacha g'ildiraklarining dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) dinamometr ko'rsatgan F kuchning qiymatiga teng bo'ladi (112-rasm). Bu kuchning qiymati 4 ga bo'linsa, aravachadagi har bir g'ildirakning dumalanish ishqalanish kuchi topiladi. Dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) sirpanish ishqalanish kuchi Fi(s) dan kichik bo'ladi (113-rasm). Shuning uchun ham qadimdan odamlar og'ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko'chirishda g'o'lalardan foydalanganlar. G'ildirak ixtiro qilingandan keyin esa u g'o'lalar o'rnini egallagan. G'ildirakning ixtiro qilinishi buyuk kashfiyotlardan biridir. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) jismning og'irligi P ga to'g'ri proporsional, dumalayotgan jism radiusi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.11 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:11 ]
Arxiv ichida: ppt