Sistemaning makroskopik va mikroskopik holatlari. Binamol taqsimoti. Puasson taqsimoti

Sistemaning makroskopik va mikroskopik holatlari. Binamol taqsimoti. Puasson taqsimoti

O'quvchilarga / Fizika
Sistemaning makroskopik va mikroskopik holatlari. Binamol taqsimoti. Puasson taqsimoti - rasmi

Material tavsifi

Sistemaning makroskopik va mikroskopik holatlari. Binamol taqsimoti. Puasson taqsimoti Reja: Sistemaning makroskopik va mikroskopik holati haqida tushuncha. Makroskopik va mikroskopik parametrlar. Binamol taqsimoti. Puasson taqsimoti. Xulosa. Molekulyar fizikada modda qanday agregat holatida bo'lishidan qat'iy nazar ko'p sondagi zarralar to'plami bilan ish ko'riladi. Anna shunday zarralar to'plamiga sistema deyiladi. Sistema fazoda ma'lum bir chegaraga ega bo'lib, gaz holatda bo'lganda gaz to'ldirilgan idish devorlari bilan to'ldiriladi. Sistema chegaralar orqali boshqa atrof-muhit bilan energiya almashinishi yoki almashmasligi mumkin. Agar sistema bilan atrof-muhit energiyaning hech qanday turi bilan almashinish ro'y bermasa, bunday sistemaga yakkalangan sistema deb aytiladi. Sistema faqat o'zining chegarasi bilan emas, undagi zarralarning xossalari bilan ham xarakterlidir. Eng oddiy sistemalardan biri ideal gzdir. Vaqt o'tishi bilan sistemada muvozanat yuzaga keladi, ya'ni sistemaning hamma nuqtalarida bosim va temperatura tenglashadi. Sistemani tashkil etgan zarralarni bir butun holatda deb o'rganiladigan jarayon uchun bu sistemani makroskopik sistema deyiladi. Agar sistemani-uni tashkil etgan zarralarni holati bilan xarakterlab o'rganilsa, bunday jarayon uchun bu sistemani mikroskopik sistema deyiladi. Sistemaning holati uning bosimi va temperaturasi orqali xarakterlanadi. Bunday parametrlar sistemaning makroskopik parametrlari deyiladi. Makroskopik sistema o'z navbatida juda ko'p sondagi zarralar to'plamidan iborat. Bu sistemadagi zarralar soni П ta bo'lsa, pta zarralar holati va tezliklari orqali ya'ni miroskopik sistemalar orqali makroskopik sistema tashkil topadi. Har bir zarraning holati uning x, u, z, o'qlarida va tezliklarning shu o'qlardagi proyeksiyalar bilan aniqlanganligi uchun har bir mikroskopik sistema holati 6п ta son bilan aniqlanadi. Agar makroskopik parametrlar berilgan sistema uchun vaqt o'tishi Bilan o'zgarmasa, bunday holatga sistema muvozanatli holatda deb ataladi. Yakkalangan sistemalar muvozanatli holatda bo'lishi mumkin. Agar sistema yakkalangan bo'lmasa, turg'un holatda bo'lishi mumkin, ammo muvozanatli holatda bo'la olmaydi. Masalan: biror idishga gaz solingan bo'lib, idishning turli qismlari turli temperaturali doimiy tashqi muhit bilan kontakda bo'lsa, gazning temperaturasi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi. Ammo bu muvozanatli holat emas. Istalgan ko'p sondagi zarralar sistemasining o'za'ro teng hajmdagi p ta kichik sistemalardan iborat deb qarash mumkin. Anna shunday bir xil hajmdagi zarralar sistemasiga statistik ansambl deyiladi. Binobarin, istalgan makroskopik sistema bir necha mikroskopik sistemalar ansamblidan iborat bo'ladi. Makroskopik sistema holati o'zgarmasa ham undagi mikrosistemalar holatlarining o'zgarishini teng ehtimollidir. Xudi shuningdek, ularda vaqt o'tishi bilan bo'ladigan o'zgarishlar ham teng ehtimolli. Bunday taqsimot molekulyar fizikada Binamol taqsimot deyiladi. S'hunday qilib, mikrosistemalar holatining vaqt bo'yicha ham, ansambl bo'yicha ham o'zgarishi teng ehtimolli bo'lar ekan. Anna shunday tasdiqqa Ergodik gipoteza deyiladi va birinchi marta 1871 yilda Bolsman va Puasson tomonidan aytilganligi uchun Bolsman-Puasson taqsimoti deyiladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, termodinamik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga