Siyosiy partiyalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarning dasturlarida qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish masalalari Zamonaviy, sof va samarali energetika xizmatiga erishishni faollashtirish, aholini energiyaga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash va uni kafolatlash atrof-muhitni himoyalashga yordam beradi. Yana shunisi muhimki, energetika xizmatini ko'rsatishning tashkil etilishi aholini birdamligi uchun katta imkoniyat yaratadi. Demokratik qaror qabul qilish madaniyatini oshiradi va kundalik hayotda shunga murojaat etish uchun katta imkoniyat yaratadi. Demokratik tizimni rivojlanishi, nafaqat ovoz berish, aksincha boshqa ko'p elementlarni qo'shadi. Aholining jamiyat hayotida qatnashishini ta'minlab, ijtimoiy birdamlik poydevoriga va institutlariga tayanib, chuqur ildiz otadi. Alohida olingan qishloq aholisi uchun yoki energetika ta'minoti qiyin holatidagi hududda yashovchilarga energetika ta'minoti xizmati qay darjada ko'rsatilishi bilan bog'liq bo'lib, xizmat ko'rsatayotgan tashkilotlarni mahalliy aholi oldida hisobdorligini oshiradi. Ko'pincha fuqarolarning energiyaga bo'lgan istemol talabi, boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarida kimligi, qaerdan, qanday ta'minlanishi to'liq hisobga olinmaydi. Uy xo'jaligi va energiya yetkazib beruvchilar o'rtasidagi nuqsonlar, jahonda qator novatorlik tashabbuslari bilan muammolar echilgan, mahalliy jamoatchilik shakllarini mustahkamlash orqali elektrlashtirish sohasidagi bo'lgan bo'shliqlar to'ldirilgan. Jumladan, AQSH xalqaro rivojlanish Agentligi Axmadobodda (Hindiston) alyansni qo'llab-quvvatlagan, bunda mahalliy nodavlat tashkilotlar, mahalliy elektr energiyasi ta'minotida yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar tayyorlashda, moliyalashtirilishiga yordam tashkil etib vositachilik xizmatini bajargan. Natijalar etiborga loyiq bo'lib, eksperiment loyihasi doirasida 820 uy xo'jaligi yashirin, maxfiy va ishonchli bo'lmagan xizmatdan doimiy elektr energiya ta'minotiga o'tgan. Elektrlashtirish jarayoniga jamoatchilikni jalb etish kabi dasturlar ishlab chiqilsa, demokratik boshqarishning mahalliy darajadagi rivojlanish oshadi. U ishonchni kuchaytiradi va ijtimoiy mablag' (kapital)ni shakllantiradi va odamlarga o'zlarini tashvishga solayotgan muammolarini yechishga yordam beradi. Bunda ular nafaqat iste'molchilarni elektr energiya ta'minotiga bog'laydi, balki fuqarolarni energiya ta'minoti jarayonlarida ishtirok etib tasavvurga ega bo'lishini, faolliklarini oshishiga imkon yaratadi. Bu tajriba va yangi egallangan ko'nikmalarni jamoa-siyosiy hayotining boshqa sohalarda ham osonlik bilan qo'llash mumkin, natijada yanada mustahkam, pishiq va himoyalangan demokratik madaniyat tashkil etiladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi yurtimiz hayotida yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi. Bu bosqich yangi demokratik institutlarni hayotga joriy etish, ularning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish uchun muayyan davrdir. konsepsiyada ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslarini yuksaltirishdek ezgu vazifalar ham belgilangan. Darhaqiqat, bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyatdagi roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ular fuqarolarning huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqarishda, davlat dasturlarining ijrosini ta'minlashda jonbozlik ko'rsatmoqda. Umuman olganda, hozirgi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari davlat rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga samarali hissa qo'shmoqdalar. Shuni alohida etirof etish joizki, ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish orqali davlat va nodavlat tashkilotlari o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarishga, jamiyat hayotiga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.3 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.3 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:11 ]
Arxiv ichida: doc