Sopolimerlanish Reja: 1. Sopolimerlanish reaksiyalari 2. Sopolimerlarning tarkib tenglamasi 3. Sopolimerlanish konstantalarini aniqlash usullari 4. Alfrey-Praysning Q-e sxemasi 5. Sopolimerlarning tarkibiy xilma-xilligi Ikki va undan ortik tur monomerlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasi sopolimerlanish reaksiyasi deb, hosil bo'lgan polimer esa sopolimer deb ataladi. Sopolimerlanishda A va V monomerlaridan erkin radikallar hosil bo'lish tezligi Ka va Kv bilan belgilanadi. Ularning qiymati A va V monomerlarning tashabbuslanish tezligiga bog'liq bo'ladi. Sopolimerlanishda zanjirning o'sishi oddiy polimerlanishdagidan farq qilib, turtta reaksiya bilan, bu reaksiyalarning xar biri o'ziga xos tezlik konstantasi bilan xarakterlanadi. Zanjirning bunday o'sishini quyidagi sxemalar orqali ifodalaymiz: I. …-A-A-V-A-A. + A …-A-A-V-A-A-A. II. …-A-A-V-A-A. + V …-A-A-V-A-A-V. II. …-A-A-V-A-A-V. + V …-A-A-V-A-A-V-V. IV. …-A-A-V-A-A-V. + A …-A-A-V-A-A-V-A. Bu sxemalarda sistemada sodir bulaetgan xar bir reaksiyani tezlik konstanstasi «K» bilan belgilangan, jumladan: Kaa - uchida A monomerli aktiv markazi bo'lgan, usaetgan polimer radikali bilan A monomer molekulasi orasidagi reaksiyaning tezlik konstantasi; Kab - uchida A monomerli aktiv markazi bo'lgan, usaetgan polimer radikali bilan V monomer molekulasi orasidagi reaksiyaning tezlik konstantasi; Kbb - uchida V monomerli aktiv markazi bo'lgan, usaetgan polimer radikali bilan V monomer molekulasi orasidagi reaksiyaning tezlik konstantasi; Kba - uchida V monomerli aktiv markazi bo'lgan, usaetgan polimer radikali bilan A monomer molekulasi orasidagi reaksiyaning tezlik konstantasi: Bu reaksiyalardan kaysi birining tezligi kattarok bulsa, hosil bulaetgan sopolimerning tarkibi xam asosan usha reaksiyaga muvofik tez birikaetgan monomer halqasi bilan boyigan bo'ladi. Sopolimerlanishda, xam gomopolimerlanishdagi kabi quyidagi uch xil uzilish reaksiyalari sodir bo'ladi: V. -A. + A.-… …-A-A- VI. -V. + V.- -V-V- VII. -A. + V.- -A-V- Bularda Kra - uchida A monomerli aktiv markazi bo'lgan, usayotgan ikki polimer radikallarining o'zaro uchrashib, o'sishdan tuxtash reaksiyasining tezlik konstantasi: Krv - uchida V monomerli aktiv markazi bo'lgan, usayotgan ikki polimer radikallarining o'zaro uchrashib, o'sishdan tuxtash reaksiyasining tezlik konstantasi: Krav - uchida A va V monomerli aktiv markazi bo'lgan, usayotgan ikki polimer radikallarining o'zaro uchrashib, o'sishdan tuxtash reaksiyasining tezlik konstantasi: Umuman, sopolimerlanish reaksiyasining boshlang'ich davrida V, VI, VII uzilish reaksiyalari shu davrdagi o'sish reaksiyalariga karaganda shunchalik sust boradiki. Ular makromolekulani hosil bo'lishga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi deyish mumkin. Shuning uchun xam A va V monomerning polimer zanjiriga birikish tezligini quyidagi tenglamalar (1, 2) bilan ifodash mumkin: (1) (2) Agar sistemada vaqt birligi ichida paydo bulayotgan va sarflanayotgan A radikallar miqdori o'zaro teng bulsa, yani A radikallar soni vaqt birligi ichida uzgarmasa, bu radikallar uchun statsionarlik tenglamasi kuyidagicha yoziladi: (3) Xuddi shunday shart bilan V radikalining statsionarlik tenglamasi tuziladi: ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.1 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.1 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:12 ]
Arxiv ichida: doc