Sovitish mashinalari

Sovitish mashinalari

O'quvchilarga / Fizika
Sovitish mashinalari - rasmi

Material tavsifi

Sovitish mashinalari Reja: Ideal sovitkich qurilmasi va uning ish siklidagi termodinamik jarayonlar. Havo bilan sovitish qurilmasi. Siqilgan bug' bilan sovitish qurilmasi. Sovitish mashinalarining ishlash uslubi, sikllari. Ularning asosiy xarakteristikalari. Issiqlik nasosi. Ideal sovitkich qurilmasi va uning ish siklidagi termodinamik jarayonlar. Sovitkich mashinalarning ishlash prinsipi termodiamikaning ikkinchi qonuniga asoslangan bo'lib, ularda ish jismi temperaturasining atrof-muhit temperaturasidan pasayishidan iborat, ya'ni jismdan issiqlik miqdori tashqi muhitga chiqariladi. Moddaning temperaturasi kichik bo'lishini tahminlash uchun albatta ish bajariladi. Bu qurilmalarda sovuq elitgich sifatida suv, sho'r suv (-21,4°S), kalg'tsiy xlorid (-55°S), etilenglikolg' (-70°S), xladon (-96,7°S) va sh. k. moddalardan foydalaniladi,. Sovitish mashinalarining sikli Karno sikliga teskari bo'lgan, sikldir. Karno sikliga teskari bo'lgan sikl sovitkich mashinalarning ideal sikli deyiladi. Ideal siklga sovitkich mashinalarning real sikllari solishtirilib, ularning itstisodiy jihatdan samaradorligi aniqlanadi. Karnoning sovitish sikli (18.1-rasm) dan ko'rinib turibdiki, sovituvchi moddaga issiqlik miqdori sovitiluvchi jismdan izoterma (T=const) bo'yicha o'zatiladi (2 va 3 nuqtalar oralig'i). 18.1-rasm. Karno sovitish siklining PV va TS diagrammalari Bu jarayon davomida ish jismi (real sharoitda suv bug'i, ammiak, karbonat angidrid, freon-12 va sh. k.) bosimi o'z hajmini oshirinsh hisobiga pasayadi. Ish jismi hajmi kengayib borgan sari uning temperaturasi pasayadi, ya'ni ish jismi soviydi. SHundan so'ng ish jismi adiabatik (dq=0)siqiladi. Bu siqilish jarayonida mahlum miqdorda ish bajariladi va ish jismi temperaturasi ko'tariladi, ya'ni isiydi (3 va 4 nuqtalar oralig'i). Isigan ish jismini izotermik siqish jarayonida 4 va 1 nuqtalar oralig'i, undan q1issiqlik miqdori muhitga chiqadi. Siqish taktining oxirida ish moddasi katta bosimga va kichik hajmga ega bo'ladi (1 nuqtada). SHundan so'ng ish jismi adiabatik kengayadi (1 va 2 nuqtalar oralig'i) va keskin soviydi. Natijada tashqi muhitdagi ortiqcha issiqlik miqdorini yutadi. Sikl takrorlanadi. Sovitish siklining bajargan ishi 1-2-3-4-1 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatdan teng, ya'ni Ats=q1-q2 bunda q1 - ish moddasidan sovituvchi jismga o'zatilgak issiqlik miqdori; q2- sovitiluvchi jismdan ish moddasiga o'zatilgan issiqlik miqdori; Ats -siklning bajargan ishi. Sovitish mashinalarining iqtisodiy samaradorligi sovitish koeffitsiyenta £ orqali ifodalanadi: Karnoning sovitish sikli uchun ξ koeffitsiyentni quyidagicha yozish mumkin: bunda T1 va T2 -ish jismi va tashqi muhit temperaturalari; Ats- ish jismining izotermik kengayishidagi va siqilishidagi entropiyasining o'zgarishi. Karnoning sovitish siklining PVdiagrammasidan ko'rinib turibdiki, sikl ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan tashkil topar zkan. Bunday qurilmalarda sovitish jarayoni ish jismi ichki energiyasining o'zgarishi hisobiga sodir bo'ladi. Fizika kursidan mahlumki, har qanday gaz yoki suyuqlik o'z hajmini keskin kengaytirganda soviydi. Sovitkichlarda shu effektdan foydalaniladi. Havo bilan sovitish qurilmasi. Havo bilan sovitish qurilmasining asosiy ish jismi-atmosfera havosi hisoblanadi. Bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 369.07 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 369.07 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga