Sovitish mashinasining termodinamik asoslari, ish sikllari va sovitish agentlari

Sovitish mashinasining termodinamik asoslari, ish sikllari va sovitish agentlari

O'quvchilarga / Fizika
Sovitish mashinasining termodinamik asoslari, ish sikllari va sovitish agentlari - rasmi

Material tavsifi

Sovitish mashinasining termodinamiк asoslari, ish sikllari va sovitish agentlari Reja: Bug'-kompression sovitish mashinasi. Sovitish agentlari. Sovuqlik tashuvchilar. 1. Bug'-kompression mashinasi Sovuqlikni uzluksiz olish uchun eng qulay va keng tarqalgan usul - mashinali sovitish usulidir. Bu mashinalarda sovuqlik manbai ishchi jism hisoblanadi. Ishchi jism (sovituvchi agent) sifatida atmosfera bosimida past qaynash haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar ishlatiladi. Ularga ammiak, freonlar, oltingugurt angidriti va boshqalar kiradi. Bu suyuqliklar sovitish mashinasida o'z agregat holatini o'zgartiradi va shu bilan bug'lanish jarayoni sovitiluvchi muhitdan issiqlik olish bilan birga boradi. Bug'lanuvchi suyuqlik haroratining kamayishi bosimni pasaytirish evaziga bo'ladi. Masalan: suv atmosfera bosimida 100oC haroratda qaynaydi, bosimning 0,006 ata gacha pasayishi qaynash haroratini 0oC gacha pasaytiradi. Ammiak (NH3) atmosfera bosimida (760 mm.sim.ust.=1 ata) -33,4oC da qaynaydi; bosimning 0,5 ata gacha pasayishi qaynash haroratini -15oC gacha pasaytiradi. Bundan tashqari o'z agregat holatini o'zgartirmaydigan ishchi jismlar ham ishlatiladi. Masalan: shunday jism hisoblanuvchi havo sovituvchi muhitdan issiqlik olib, o'z haroratini oshiradi. Mashina bilan uzluksiz sovitishda sovitiluvchi muhit (masalan: sovitgich kamerasining havosi) issiqligini ishchi jismga beradi. Ishchi jism issiqligini yuqori haroratli atrof-muhitga (masalan: suv yoki havo) uzatadi. Termodinamikadan ma'lumki, past haroratli jismdan issiqlik olib, yuqori haroratli jismga uzatish uchun ish bajarish zarur; bu ish sovitish mashinasi yuritmasidagi ishdir. Sovitish mashinasi ishining prinsipial sxemasi 1- rasmda ko'rsatilgan. Bu yerda sovitiluvchi kamera issiqlik beruvchidir va atrof-muhit haroratidan T past haroratga To, oC ga egadir. Atrof-muhit issiqlik qabul qiluvchidir. Mashina yordamida uzluksiz sovitish uchun ishchi jism (sovitish agenti) sovitish siklini bajarishi kerak. Shunday sikllardan biri - Кarno sikli 2-rasmda ko'rsatilgan. Кarno sikli ikkita izoterma va ikkita adiabatadan tashkil topgan. 4-1 izotermik jarayonida ishchi jismga issiqlik beruvchidan issiqlik beriladi, bunda uning harorati To o'zgarmaydi. Ishchi jism 1-2 adiabatik siqish jarayonida atrof-muhit bilan issiqlik almashinmaydi va ishchi jism harorati To dan T gacha ko'tariladi. 2-3 izotermik jarayonida ishchi jismdan qabul qiluvchiga issiqlik uzatiladi, harorat o'zgarmay qolaveradi. 3-4 adiabatik kengayish jarayonida ishchi jism haroratini T dan To gacha pasaytiradi. rasm. Sovitish mashinasi ishining prinsipial sxemasi rasm. Кarnoning teskari sikli Кarno siklining bajarilishi uchun issiqlik beruvchi va ishchi jism hamda issiqlik qabul qiluvchi va ishchi jism haroratlari o'rtasidagi farq nolga teng bo'lishi zarur, ya'ni T - ishchi jism va issiqlik qabul qiluvchi haroratlari. 4-1 va 2-3 issiqlik berish va olish izotermik jarayonlarining borishi uchun ikkita cheksiz katta jismlarning bo'lishi zarur (issiqlik beruvchi va oluvchi); bu jism haroratlari issiqlik almashinish jarayonida o'zgarmaydi. Кarnoning teskari sikli natijasida 4-1 izotermik jarayonda issiqlik To past haroratli jismdan 2-3 jarayonda issiqlik ishchi jismdan T ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 96.79 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 96.79 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga