So'z-gaplar Rеjа: So'z-gaplar to'plamini ajratish tamoyillari. So'z-gaplar tasnifi. So'z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. So'z-gaplar to'plamini ajratish tamoyillari. O'zbek formal tilshunosligida so'z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo'llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o'rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo'lgan so'z-gaplarga ham lisonnutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo'lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o'z qolipi mavjud bo'lgani kabi, so'z-gaplarning ham o'ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo'lishi shart va zarurligi e'tirof etildi. Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so'z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so'zlardan, yordamchi so'zlardan, sodda yoxud qo'shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) mustaqil holda gap bo'la olish belgisi; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo'lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi; 3) o'ziga xos g'ayrioddiy ma'noga ega bo'lish belgisi; 4)bog'lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxsson shakllariga ega emaslik belgisi. So'z-gaplar deganda shu to'rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi. 1. Mustaqil holda alohida gap bo'la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog'langan. O'zbek lisoniy tizimi gapda ma'lum bir axborotni tashuvchi tasdiqinkor, maylzamon va shaxsson ma'no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo'lishini talab qiladi. So'z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo'la oladi, chunki kesimlik shakllari ma'no va munosabatlari so'z-gaplarning o'zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma'nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so'zning leksik ma'nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan. 2. Demak, so'z-gaplar mustaqil gap bo'la olish qobiliyatiga ega bo'lganligi uchun bu so'zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so'z-gaplar atamasi qo'llaniladi. Bu atamadagi semantik tarkibiy qismi hodisaning lug'aviy (ma'noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo'ladi, ya'ni bunda leksik birlik ham so'z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so'z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplar ([Wpm])dan farq qiladi va kesimlik ma'nolari so'z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligi [W]ning o'zida mujassamlanganligi tufayli so'z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi [W] sifatida berilgan. 3.So'z-gaplarning o'ziga xos g'ayrioddiy ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.94 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.94 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:12 ]
Arxiv ichida: doc