Statistik fizika predmeti. Modda tuzilishi

Statistik fizika predmeti. Modda tuzilishi

O'quvchilarga / Fizika
Statistik fizika predmeti. Modda tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja. 1. Modda tuzilishi molekulyar kinetik nazariyasining asosiy qonuniyatlari. 2. Statistik fizika predmeti 3. Ideal gaz holat tenglamasi. 4. Ideal gaz kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. 5. Ideal gaz molekulalarining tezliklar bo'yicha taqsimoti. Statistik fizika predmeti. Modda tuzilishi molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy qonuniyatlari Hozirgi zamon qarashlariga ko'ra barcha moddalar molekulalardan tashkil topgan. Molekula deb moddaning barcha kimyoviy xossalarini o'zida saqlab qola oladigan hamda mustaqil tarzda mavjud bo'la oladigan eng kichik zarraga aytiladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Modda tuzilishini va uning xossalarini shu moddaning molekulalardan tashkil topganligi, bu molekulalar shamma vaqt betartib harakat holatida bilishlari va molekulalar orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjudligi asosida o'rganuvchi nazariya molekulyar - kinetik nazariya deb yuritiladi. Klassik molekulyar - kinetik nazariya quyidagi qoidalarga asoslanadi: Barcha moddalar juda mayda alohida zarralar -molekulalardan iborat. Molekulalar o'z navbatida yanada mayda zarralar - atomlardan tashkil topgan. Jism molekulalari orasida bir vaqtda o'zaro tortishish (tutinish) kuchlari va o'zaro itarishish kuchlari ta'sir qiladi. Jismni tashkil qilgan molekulalar uzluksiz tartibsiz harakat holatida biladi. Statistik fizika gaz, suyuqlik, qattiq jismlardan iborat bo'lgan murakkab sistemalar xossalarini va ularning sistemalarni tashkil qilgan ayrim zarralar - atom va molekulalar xossalari bilan bog'lanishini o'rganadi. Molekulyar fizika makroskopik jismlarning (gazsimon, suyuq va qattiq jismlarning) fizik xossalarini, shuningdek bu jismlarni tashkil qiluvchi mikrozarralar (atomlar, molekulalar va ionlar)ning issiqlik sharakati va o'zaro ta'siri tufayli biladigan fizik jarayonlarni irganadi. Makroskopik jismlar (sistemalar)ning xossalari mikrozarralarning tartibsiz harakatidan bo'ladigan mikroskopik jarayonlar tufayli bo'lgani uchun bu mikrojarayonlarni o'rganish asosidagina makrosistemalarning xossalarini tushuntirish va miqdoriy tavsiflab berish mumkin. Sistema juda ko'p zarrachalardan iborat bo'lsa, uni makroskopik sistema deyiladi. Bunday sistema holati uning makraholati deyiladi va u sistemaga xos makroskopik parametrlar yordamida aniqlanadi. Sistemaning makraholatini xarakterlaydigan kattaliklar makroskopik parametrlar deyiladi. Sistemaga xos makroskopik parametrlar sifatida harakat, bosim, hajm va hoka'zolarni olish mumkin. Agar bu parametrlar berilgan bo'lsa, sistemaning holati to'la aniqlangan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan sistema holati o'zgarmasa, yani sistema o'olatini belgilovchi makroskopik parametrlar vaqt o'tishi bilan o'zgarmasa sistema muvozanat holatida deyiladi. Gazni tashkil qiluvchi molekulalarning xususiy xajmlarini etiborga olmaslik va molekulalar o'zaro mutlaqo ta'sirlashmaydi deb hisoblanishi mumkin bo'lgan gaz ideal gaz deb ataladi. Berilgan aniq massali gazning muvozanatli holatini bosim r, xajm V, harorat T dan iborat makroskopik parametrlarning hammasi yoki birortasining o'zgarishi tufayli gaz holatining o'zgarishi gaz jarayoni deyiladi. O'zgarmas haroratda gaz bosimining uning hajmiga bog'liq holda o'zgarishi izotermik jarayon deyiladi. O'zgarmas bosimda gaz hajmining uning haroratiga bog'liq holda o'zgarishi izobarik jarayon deyiladi. O'zgarmas hajmda gaz bosimining uning haroratiga bog'liq holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 121.71 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:13 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 121.71 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga