Statistik termodinamika muammolari Reja KIRISh Statistik termodinamika muammolari. ASOSIY QISM 2.1. Mikro- va makrosistemalar. 2.2. Entropiyaning statistik talqini. 2.3. Boltsman taqsimoti. Ansambllar. 2.4. Aralashish entropiyasi. 2.5. Ideal gazlarning termodinamik xossalari. 2.6. Ilgarilanma holat bo'yicha yig'indi. 2.7. Bir atomli ideal gazning termodinamik xossalari. 2.8. Aylanma, tebranma va elektron holat bo'yicha yig'indi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR KIRISh Statistik termodinamika muammolari 1.Entropiyaning fizik manosi ichki energiyaning fizik manosi singari emas. Entropiyaning xarakterli xususiyati shundan iboratki, barcha tabiiy jarayonlarda u bir xilda oshib boradi. Bizning tushunchamizga ko'ra u biz qo'lga kiritib bo'lmaydigan energiya. Bu muammoni 1877 yilda L.Boltsman hal qildi. U issiqlik nazariyasiga statistik tushuncha kiritib, sistemaning har bir holati uchun termodinamik ehtimollik ham shuncha katta bo'ladi. Entropiyaning oshib borishiga bunday yondashish shuni bildiradiki, sistema bir holatdan ikkinchi holatga (termodinamik ehtimolligi katta bo'lgan) o'z-o'zidan o'tadi. Masalan, membrana bilan ajratilgan ikki xil gazni olaylik. Agar membrana olib tashlansa gazlar darhol diffuziya orqali bir-biriga aralashib ketadi. Bu qaytmas jarayonga yaqqol misoldir. Bu gazlarning har biri avvalgi egallagan joyiga qaytish ehtimoli yo'q. Demak sistema dastlab ehtimolligi kam bo'lgan holatda bo'lgan. Shuning uchun molekulalar darhol aralashib ketgan. Shunday qilib, qaytmas jarayonlar ehtimollik eng yuqori bo'lgan holatgacha, yani entropiya qiymati maksimum bo'lgancha davom etadi. ASOSIY QISM Mikro- va makrosistemalar Statistik tushunchalar sistemaning klassik parametr-laridan farq qiladigan parametrlarga tayanadi Agar biz oldin ko'rib o'tgan parametrlarni makroskopik parametrlar desak, statistik termodinamikada mikroskopik parametrlar qo'llaniladi. Mabodo sistemaning makroskopik parametrlari (bosim, harorat, sistemaning kimyoviy tarkibi) malum bo'lsa sistemaning makroskopik holatini aniqlash mumkin. Bu parametrlar qandaydir manoda o'rtacha ifoda beradi. Chunki ular har bir zarracha bilan sistemani alohida olib qaramasdan ularning umumiy xossasini xarakterlaydi. Sistemaning mikroskopik holatini esa har bir zarrachaning nisbiy xarakteristikasi malum bo'lsa aniqlash mumkin. Qoidaga ko'ra ayni makroskopik holatga juda ko'p sondagi mikroskopik holatlar to'g'ri keladi. Bu holatlar makroskopik holatda bir-biridan farq qilmaydi. Bundan tashqari vaqtning turli oraliqlarida makroskopik parametrlar o'zgarmasdan kelishi mumkin, makroskopik parametrlar esa o'zgaradi. Shunday qilib bosim va haroratning qiymatini va sistema kimyoviy tarkibini belgilab sistemaning makroskopik holati aniqlangan hisoblanadi. Shu vaqtda esa mikroskopik masishtabda sistemadagi har bir atom yoki molekulaning tezligi,holati nomalum bo'lib qoladi. Masalan, t, vaqtda n molekula v tezlikka ega bo'lsa, t2 vaqtda shu n molekula v1 va v2 tezlikka ega bo'ladi. Shu vaqt ichida esa boshqa molekulalar v tezlikka ega bo'ladi. Sistemaning umumiy energiyasi doimiy saqlanib qolinadi, uning makroskopik parametrlari o'zgarmasligi mumkin. Ammo har bir molekulaning energiyasi istalgan vaqtda o'zgarib turadi. Entropiyaning statistik talqini L.Boltsman 1877 yilda statistik termodinamikani yaratib statistik tushunchalar issiqligi nazariyasini fanga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
89.3 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:13
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
89.3 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:13 ]
Arxiv ichida: ppt