Suyuqliklar Reja: 1. Suyuqliklarning umumiy xarakteristikasi. 2. Suyuqliklarning molyar hajmi. 3. Suyuqliklarning sirt tarangligi. 4. V.A.Kistyakovskiy va Truton qoidalari. 5. A.I.Bachinskiy tenglamasi va paraxor. 6. Suyuqliklarning qovushqoqligi (kichik ishqalanish) Suyuqliklarning umumiy xarakteristikasi. Suyuqlik quyidagi jihatlardan gazga o'xshaydi: 1. Suyuqliklar xuddi gazlar kabi, malum shaklga ega emas, uning fizikaviy xossalari barcha yo'nalishda birdek, yani izotropdir. 2. Suyuqliklarning qovushqoqligi kichik bo'lib, gazlarnikiga yaqinlashadi. 3. Kritik temperaturadan yuqori temperatura suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo'qoladi. Suyuqliklar quyidagi xossalari bilan qattiq jismlarga o'xshamaydi: 1. Suyuqliklar o'z hajmini o'zgartirishga katta qarshilik ko'rsatadi. Gazlarning hajmini 1% o'zgarish uchun bosimni 1% o'zgartirish kifoya. Lekin N2O ning hajmini 1% o'zgartirish uchun bosimni 200 marta ortirish kerak bo'ladi (demak oz darajada siqiluvchandir). 2. Suyuqliklarni rentgen nurlari va elektronlar difraksiyasi yordamida tekshirish, ular qisman kristallik tuzilishga ega ekanligini ko'rsatadi. 3. qattiq jismlar suyuq holatga o'tganda uzoq tartib, yaqin tartib ga almashinadi. Buning mahnosi: juda kichik hajmdagi suyuqliklardan zarrachalar xuddi kristalldagi kabi muntazam joylashadi, lekin bu muntazam joylashish faqat 1-2 kristallik panjara uzoqligi qadar davom etadi, shuning uchun suyuqliklardan yaqin tartib deyiladi. Qattiq jismlarda bu muntazam joylashish bir qancha kristallik panjara uzoqligi qadar o'z kuchini saqlaydi, shuning uchun ularda uzoq tartib mavjud deyiladi. Suyuqliklarni issiqlikdan kengayish koeffitsenti gazlarnikiday kichik bo'ladi, N2O uchun 0, 0016ga, Ng uchun 0, 0018ga teng (gazlar uchun 0, 00366ga yaqin bo'ladi). 2. Suyuqliklarning molyar hajmi: Suyuqliklarning molyar hajmini topish uchun uning molekulyar massasini solishtirma og'irligiga bo'lish kerak. V=M d Masalan: SN3SOON K temperaturasidagi solishtirma og'irligi d=0, 942 molekulyar massasi M=60 Vsn3soon= = 63, 8 sm3 3. Suyuqlikning sirt tarangligi Suyuqlik molekulalari gaz va qattiq jism molekulalari kabi, bir-biriga tortilib tarqalib turadi. Suyuqlikning hajmidagi, kichik qismdagi molekulani boshqa molekulalar xar tomondan bir xilda itarib buradi va barcha kuchlar bir birini muvozanatlaydi, molekula hamma tomondan baravar tortiladi. Lekin suyuqlik sirtidagi molekulalarni suyuqlik ichidagi molekulalar kuchliroq tortadi, ammo gaz fazasidagi molekulalar u molekulalarni juda kam kuch bilan tortadi. Shuning uchun suyuqlik sirtidagi molekulalar mumkin qadar suyuqlik ichiga kirishga intiladi, yani suyuqlik o'z sirtini mumkin qadar kamaytirishga harakat qiladi. Ng, N2O tomchilarni shar shakliga kiradi. Platon tajribasi: Agar yog' tomchilari solishtirma og'irligiga teng bo'lgan suyuqlikka solinsa, ular ham shar shakliga kiradi. Shunga ko'ra suyuqlik sirtini kattalashtirish uchun ish sarflash kerak bo'ladi. Aksincha, suyuqlik sirti kichraygan vaqtda energiya ajralib chiqadi. Demak, suyuqlikning sirti qavat malum energiya zapasiga, kuch maydoniga ega bo'lar ekan. Bu energiya suyuqlikning sirt energiyasi deyiladi. Suyuqlikning sirtini 1 sm2 kattalashtirish uchun sarflash zarur bo'lgan ish shu suyuqlikning sirt taranglik ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
108.46 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
108.46 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: doc