Suyuqliklarni kichik teshikdan va quvurchalardan oqib o'tishi

Suyuqliklarni kichik teshikdan va quvurchalardan oqib o'tishi

O'quvchilarga / Fizika
Suyuqliklarni kichik teshikdan va quvurchalardan oqib o'tishi - rasmi

Material tavsifi

Suyuqliklarni kichik teshikdan va quvurchalardan oqib o'tishi Reja: Siqilmaydigan suyuqliklarni yupqa devordagi kichik teshikdan oqib chiqishi. Suyuqlikni kichik quvurchadan oqib chiqishi. Suyuqlikni o'zgaruvchan sathi, vaqtida oqib chiqishi. Idishning bo'shash vaqti. Texnikada juda ko'p hollarda suyuqliklarning tor va kalta naychalardan hamda teshiklardan oqish hollarini uchratish mumkin. Bu holning o'ziga hos xususiyati shundan iboratki, biror katta idishdagi suyuqliklarning potensal energiyasi teshikdan chiqishda oqimchaning kinetik energiyasiga aylanadi. Albatta bu holda energiyaning bir qismi qarshiliklarni yengishga sarf bo'ladi. Bunday voqeani gidrouzatmalarda moylarning gidrosilindrlardan bosim ostida oqib chiqishi, yoqilg'ining yonish kamerasiga oqib o'tish va hoka'zolarda uchratish mumkin. Odatda bu masalalarni yechishda oqim fizikasiga bog'liq shartlar kiritiladi. Suyuqlikning yupqa devordagi teshikdan o'zgarmas bosimda oqishi Biror katta idishda suyuqlik p1 bosim ostida saqlanayotgan bo'lib, u ozod sirtidan Ha masofadagi kichik teshikdan oqayotgan bo'lsin (8.1-rasm, a). Diametri idish o'lchamlariga qaraganda juda kichik bo'lgan teshik kichik teshik deb ataladi. Yupqa devor deb oqayotgan suyuqlik teshikning faqat ichki qirrasiga tegib, uning yon sirtiga tegmagan holga aytiladi. Bunday hol devor qalinligi teshik diametridan bir necha barobar kichik bo'lsa yoki teshik kesimining ichki qirrasidan tashqariga kengayib borsagina (8.1-rasm, b) o'rinli bo'ladi. Bu holda suyuqlik zarrachalari teshik atrofidagi hajmdan tashqariga qarab harakat qiladi va teshikka yaqinlashgan sari tezlashib boradi. Shu bilan birga suyuqlikning oqayotgan zarrachalarning barchasi uchun bir xil sharoit bo'lib, ular silliq trayektoriya bo'yicha harakat qiladi va teshik qirrasida idish devoridan ajraladi. Bundan keyingi oqish davomida oqimchaning kesimi bir oz torayadi va silindrik shakl qabul qiladi. Ko'rilayotgan holda asosiy masala teshikdan iborat. Suyuqlikka to'ldirilgan idishda (8.1-rasm, a) yuzasi S1 bo'lgan 1-1 (erkin sirt) va S2 bo'lgan 2-2 oqayotgan suyuqlik oqimchasining teshik oldidagi kesimlari uchun Bernulli tenglamasini yozamiz: Bundan teshik uchun mahalliy qarshilik koeffisienti nolga teng bo'lgan holda z1 - z2 = H va v1 S1 = v2 S2 ekanligini hisobga olsak, ushbu tenglamani olamiz: bu tenglamadan oqimchaning nazariy hisoblangan tezligi uchun quyidagi munosabat kelib chiqadi: Agar idishning kesimi S1 ga qaraganda teshikning kesmi S2 juda kichik bo'lsa, u holda Idishdagi suyuqlik sirtida ham, teshik tashqarisida ham atmosfera bosimi bo'lsa yoki p1 = p2 bo'lsa, u holda Bu formula Torishelli formulasi deb ataladi, u suyuqlikning tor teshikdan oqishi tezlikni hisoblash uchun nazariy formuladir. Suyuqlikning teshiklaridan oqib ketishiga doir chizma Suyuqlikning teshikdan oqish tezligi ma'lum bo'lgan holda sarfni hisoblash qiyin emas Lekin amalda oqimcha teshikdan chiqayotganda uning kesimining torayishi sababli ko'rilayotgan masala biz ko'rgandagiga qaraganda murakkabroq. Shuning uchun biz chiqargan tezlik formulalari tezlik va sarfni nazariy tekshirish uchun qo'llanib, amalda esa ularga ma'lum tuzatishlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 222.88 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 222.88 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga