Suyuqliklarning xossalari haqida umumiy ma'lumot

Suyuqliklarning xossalari haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Fizika
Suyuqliklarning xossalari haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Suyuqliklarning xossalari Reja: Suyuqlikning harakteri. Muvozanat tenglamasi. Siqilmas suyuqlik gidrostatikasi. Bernulli tenglamasi. Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Stoks va Puazeyl formulalari. Тayanch so'z va iboralar: Ideal suyuqlik, oqim, bosim, paskal, muvozanat holat, gidrostatik bosim, statik bosim, dinamik bosim, statsionar oqim, laminar, turbulent, Reynolds soni. Suyuqlikning harakteri. Muvozanat tenglamasi. Suyuqlik va gazlar o'zlarining hususiyatlari bo'yicha qattiq jismlardan tubdan farq qiladi. Suyuqlikning egallagan xajmi o'zgarmas kattalikdan iborat bo'lib, suyuqlik o'ziga hos tayinli shaklga ega emas, u o'zi turgan idish shaklini oladi. Har qanday gaz o'ziga hos shakl va xajmga ega emas. Gazning shakli va xajmi o'zi egallab turgan ixtiyoriy ko'rinishdagi idishning shakli va butun xajmi bilan belgilanadi. Agar biror idishga solingan suyuqlikning ixtiyoriy S yuziga F kuch bilan ta'sir etsak, bu ta'sir quyidagi formula bilan harakterlanuvchi bosimni ifodalaydi. Demak bosim yuza birligiga ta'sir etuvchi kuchni ifodalar ekan. SI da bosim birligi qilib paskal (Pa) qabul qilingan, 1Pa=1Nm2. Хajm kuchlari bo'lmagan sharoitda muvozanat holatdagi suyuqlikning istalgan joyi uchun =0 shart qanoatlantirilishi lozim. Bundan p=const degan hulosa kelib chiqadi. Demak, suyuqlikning bir xil balandlikdagi nuqtalarida bosim bir xil qiymatga ega bo'ladi. Suyuqliklarni harakatlanishi og'ish deb, harakatlanayotgan suyuqlik zarralarining to'plamini oqim deb yuritiladi. Ikki turli balandlikdagi suyuqlikning bosimlari P1 va P2 bir-biridan farq qiladi. Bu farq shu balandliklar orasida yotgan va ko'ndalang kesimi birga teng bo'lgan suyuqlik vertikal ustunining og'irlik kuchiga teng, ya'ni Demak p2=p1+gh Bunda, -suyuqlik zichligi, h-balandliklar farqi, pgh=g- gidrostatik bosim. Siqilmas suyuqlik gidrostatikasi. Bernulli tenglamasi. Suyuqlikning oqim chiziqlari bilan chegaralangan S11= S22 (1) Demak, siqilmas suyuqlik uchun trubaning istalgan kesimida S= const (2) Bu oqimning uzluksizlik tenglamasi bo'lib bunga asosan oqim nayining kesimi kichik bo'lsa siqilmas suyuqlik zarrachalari tezroq harakat qiladi va aksincha. Suyuqliklar harakati tekshirayotganda ko'p hollarda suyuqlikning bir qismining boshqa qismlarga nisbatan harakati vaqtida ishqalanish kuchlari yuzaga kelmaydi deb hisoblash mumkin. Ichki ishqalanish (yopishqoqlik) batamom hisobga olinmaydigan suyuqlik ideal suyuqlik deyiladi. Yerning tortishish maydonida statsionar oqayotgan ideal suyuqlik ichida ajratib olingan oqim nayini qarab chiqaylik (2- rasm). Kuzatilayotgan suyuqlik miqdori oqim tufayli t vaqt ichida oqim nayi bo'ylab siljib, S11 va S21 kesimlar orasidagi xajmni egallaydi. Siljishda p1 va p2 bosim kuchlarining bajargan ishlari suyuqlik miqdorini siljishida bajarilgan ishni quyidagicha yozamiz. A= A1+A2=p1V- p2V (5) Тo'la energiyani o'zgarishini kinetik va potensial energiyalarning o'zgarishlaridan iborat deb, uni quyidagicha yozish mumkin. Bu tenglamani V ga bo'lib va mV suyuqlik zichligi ekanligini e'tiborga qolib (7) ifodani hosil qilamiz. (7) ifodani umumlashtirib quyidagi ko'rinishda yozish mumkin. Bu Bernulli tenglamasi bo'lib bunda, 22- dinamik bosim, pgh - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.01 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.01 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga