Tabiat kuchlari va ularning turlari Moddiy nuqtalar orasidagi o'zaro ta'sir etishda ishtirok etadigan tabiat kuchlarini turtta asosiy turga ajratish mumkin: gravitatsion, zaif, elektromagnit va kuchli (yadroviy). Jadvalda bu kuchlarning asosiy tavsiflari berilgan Boshqa tomondan, kuchlarning kelib chiqish tabiatiga karab uchga ajratish mumkin: bir-biri bilan bevosita tegib turgan jismlar orasidagi kuchlar (elastiklik yoki ishqalanish). Ular kelib chiqishiga karab elektromagnit kuchlardir. Maydonlar vositasida ta'sir etuvchi - gravitatsion va elektromagnit kuchlar. Noinertsial sanoq sistemasida jism harakatini tavsiflovchi inertsiya kuchlari. Elastiklik kuchi tashqi kuchlar ta'sirida deformatsiyalangan jismlarda yuzaga keladigan kuch - elastiklik kuchi deyiladi. Deformatsiya ikki xil: elastik va noelastik bo'ladi. Elastik deformatsiyada tashqi kuchlarning ta'siri tuxtagandan so'ng jism o'z shakli va o'lchamlarini tiklaydi. Noelastik deformatsiyada jism uzining shakli va o'lchamlarini tulik tiklamaydi. Boshqa tomondan defor-matsiyani siqilish, chuzilish, buralish kabi turlari mavjud. eng oddiy deformatsiya-chiziqli chuzilayotgan yoki kisilayotgan prujinaning deformatsiyasini ko'rib chiqamiz. Buning uchun bir tomoni biriktirilgan, ikkinchi tomoni X uki bo'yicha harakatlana oladigan prujinani olamiz. (1a-rasm) Prujinani ∆x kattalikka chuzishda, uni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi Fel kuchi paydo bo'ladi. Bu holat uchun Guk qonuni mavjud: elastiklik kuchi deformatsiya kattaligiga to'g'ri proportsional. Fel q - kx (1) bu yerda x- siljish kattaligi; k- prujinaning bikrligi. - ishora Fel bilan X- ni qarama-qarshi yunalganligini bildiradi. Insonning hayotiy faoliyatida elastiklik kuchi katta urin tutadi. ayniqsa odam skletining tayanch - sistemalarida elastiklik kuchining ahamiyati juda kattadir. Urilishdagi yuklama vaqtida, yiqilishida, sakrashda va boshqa qisqa muddatli kuch yuklamalari paydo bo'lganda, skletga ta'sir etuvchi kuch odamni xususiy ogirligidan 15-20 marta ortib ketadi. Skletning elastikligi va mustahkamligi bunday yuklamalarga bardosh beradi. Boshqa elastik jismlar kabi, suyaklar, mushaklar, paylar yuklama ta'sirida deformatsiyalanadi. Inson tanasida deformatsiyaning xar qanday turi yuzaga keladi. ishqalanish kuchi Bir jism sirtida ikkinchi jismning harakatlanishidan yuzaga keladigan kuch ishqalanish kuchi deyiladi. Bu kuch doimo harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yunalgan. ishqalanish kuchining ikki turi mavjud: tashqi-qattiq jismlar orasida, ichki-gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jismlarning qismlari bir-biriga nisbatan harakatlanganda yuzaga keladi. A. tashqi ishqalanish uch xil bo'ladi: - sirpanish ishqalanishi; - dumalash ishqalanishi; - tinchlikdagi ishqalanish. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi- jismga ta'sir etuvchi tashqi kuchlar ta'siri uni biror bir sirtda harakatlantira olmaganda yuzaga keladi. Bu kuch doimo tashqi kuchlarga kattalik jijatidan teng va yo'nalish jihatidan qarama-qarshi bo'ladi. tashk ishk ishk q - tashk 2-Rasm Sirpanish ishqalanish kuchi- bir jism sirtida ikkinchi jismning harakatlanishidan yuzaga keladi. (3-rasm). v ishk 3-rasm harakatning kichik tezliklarida sirpanish ishqalanish kuchini quyidagi formuladan hisoblash mumkin: │ Fishk │q μN (2) bu yerda N - bosim kuchi, μ - ishqalanish koeffitsiyenti ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
75.69 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
75.69 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:15 ]
Arxiv ichida: doc