Tabiatda va texnikada ishqalanish

Tabiatda va texnikada ishqalanish

O'quvchilarga / Fizika
Tabiatda va texnikada ishqalanish - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 35-mavzu: Tabiatda va texnikada ishqalanish Ishqalanishning ahamiyati Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo'lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo'lganda uni oshirishga, zararli bo'lganda esa kamaytirishga harakat qilinadi. Ishqalanish bo'lmaganda nima bo'lishini tasavvur qilib ko'raylik. Ishqalanish bo'lmaganda odamlar ham, hayvonlar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoqlarimiz bilan yerdan turtilamiz. Ishqalanish kam bo'lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo'lmaganda edi, buyumlar qo'limizdan sirpanib tushib ketardi. Vagon g'ildiriklarini aylanishdan to'xtatish uchun ishqalanish kuchidan foydalaniladi (114-rasm). Avtomobilga tormoz berilganda, ishqalanish kuchi uni to'xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g'ildiraklar aylanaverardi, avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo'rttirib ishlanadi (115-rasm). Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol-stul va shkaflarni tutib turadi, taxtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, bog'langan arqonning yechilib ketishiga yo'l qo'ymaydi. O'simlik va hayvonlarda turli xil organlar ishqalanish tufayli tutib qolish vazifasini bajaradi. Masalan, o'simliklarning chirmovuqlari, filning xartumi, tirmashib chiqadigan hayvonlarning dumi g'adir-budur sirtga ega bo'ladi. Zararli ishqalanish va uni kamaytirish Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil bo'ladigan ishqalanishlar ko'p hollarda zararli bo'ladi. Bunday hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar qo'llaniladi. Masalan, mashina va stanoklarda ishqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydi va yeyiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi sirtlar silliqlanadi, ularning oralari moylanadi. Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, velosiрed va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshiрniklar kiydiriladi. Podshiрnikning valga bevosita tegib turadigan qismi - vkladish po'lat, cho'yan yoki bronzadan yasaladi. Vkladishning ichki sirtiga qo'rg'oshin yoki qalayning turli qotishmalari qoplanadi va moylanadi. Val aylanganda, u vkladish ustida sirpanadi. Bunday podshiрniklar sirpanish podshiрniklari deyiladi. Sirpanish podshiрnigi val va vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamaytirishga xizmat qiladi. Dumalanish ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ancha kam bo'lganligi texnikada qo'l keladi. Sharikli va rolikli podshiрniklarning qo'llanilishi dumalanish ishqalanish kuchining kamligiga asoslangan. Bunday podshiрniklarda aylanayotgan val podshiрnikning qo'zg'almas vkladishida sirpanmasdan, balki po'lat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi (116-rasm). Podshiрnikning qattiq po'latdan tayyorlangan ichki halqasi valga o'rnatilgan bo'ladi. Tashqi halqasi esa mashina korpusiga mahkamlangan. Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi. Sharchalar va roliklar halqalar orasiga joylashtirilgan bo'ladi. Sharikli yoki rolikli podshiрniklar qo'llanilganda ularning ishqalanish kuchi sirpanish podshiрniklariga qaraganda 20-30 marta kam bo'ladi. Qiyalikdan tushayotgan velosiрed pedali aylantirilmasa ham uning g'ildiragi bemalol aylanaveradi. Chunki velosiрed g'ildiragi valiga sharikli yoki rolikli podshiрnik kiydirilgan bo'ladi. Agar podshiрnik bo'lmaganida, velosiрedni yurgizish qiyin bo'lar edi. Avtomobil, stanok, elektr dvigatel va boshqalarning aylanuvchi qismlarida sharikli va rolikli podshiрniklar qo'llaniladi. Hozirgi zamon sanoati va transportini bunday podshiрniklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Fan-texnikaning yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga