Tarmoqlangan zanjirlar 1. Tarmoqlangan zanjirlarning har bir tarmog'idan o'tayotgan toklarni hisoblash ko'p qiyinchiliklarga olib keladi. Chunki har bir tarmog'idan o'tayotgan tok faqat shu tarmoqdagi EYuK va qarshiliklarga bog'liq bo'lmay, balki zanjirdagi umumiy potentsial taqsimotiga bog'liq bo'ladi. Bunday zanjirlarning har bir tarmog'idan o'tayotgan toklarni hisoblash uchun Kirxgofning ikkita qoidasidan foydalaniladi. Kirxgofning birinchi qoidasi tugunlar uchun o'rinli bo'ladi. Oldin tarmoqlangan zanjirda tugun tushunchasini kiritib olamiz. Tugun deb zanjirning uchta va undan ortiq tarmoqlari birlashgan nuqtaga aytiladi. Zanjirlarda bunday nuqtalardan bir nechta bo'lishi mumkin. qoida: Har bir tugun uchun toklarning algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi. Buni bazan boshqacharoq qilib: tugunga kelayotgan toklarning yig'indisi undan ketayotgan toklarning yig'indisiga teng bo'ladi. (1-rasm), deb ham ta'riflanadi A tugun uchun (1) yoki: I1qI2+I3+I4 bo'ladi. Kirxgofning 1-qoidasi zanjirlarni hisoblash uchun etarli emas. Buning uchun Kirxgofning 2-qoidasini bilishimiz kerak bo'ladi. qoida: Tarmoqlangan zanjirning har bir berk konturining tomonlaridan o'tayotgan toklarning qarshiliklariga ko'paytmalarining algebraik yig'indisi, shu berk konturdagi elektr yurtuvchi kuchlarning algebraik yig'indisiga teng bo'ladi. (2) yoki: I1R1+I2R2-I3R3q1+2+3 bo'ladi. bu yerda kq3 va iq3 deb olindi, yoki: I1R1-I2R2q1 bu yerda kq2, iq1 bo'ladi. 1 va 2 qoidalar asosida yozilgan (1) va (2) tenglamalar bizga chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini beradi. Bu yerda nomalumlar soni (I eki R lar) tenglamalar soniga teng bo'lishi kerak. Aks holda, yani nomalumlar soni tenglamalar sonidan ko'p bo'lsa, bunday yechim cheksiz ko'p bo'ladi. Shunday qilib, tarmoqlangan zanjirning har bir tarmog'idan o'tayotgan tokni yoki boshqa elementini hisoblash uchun chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechishga to'g'ri keladi. 2. Tarmoqlangan zanjirlarga misol tariqasida Uitson ko'prigi yordamida qarshiliklarni o'lchash usulini keltirish mumkin. Bu usul 51-laboratoriya ishida o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari, Kirxgof qoidalari yordamida qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulashda EYuKlarni ulaganda zanjirning har bir tarmog'idan o'tayotgan toklarni, agar toklar malum bo'lsa, kirashiliklarni hisoblashda foydalanish mumkin. +arshiliklarni parallel ulash misolida shunt qarshilikni tanlashni ko'rib chiqamiz. Bizga malumki, biror zanjirdagi tok kuchini bundan kam tok kuchiga mo'ljallagan ampermetr yordamida o'lchash talab qilingan bo'lsa, ampermetrga parallel qilib shunt deb atalgan Rsh qarshilik ulanadi (2-rasm). V tugun uchun Kirxgofni 1-qoidasini yozamiz: V: I-IA-Ishq0(3) BRasrshB kontur uchun 2-qoidani yozamiz. IARA-IshRshq0 (4) (3) va (4) larni sistema qilib echamiz. Bu sistemadan Ish ni yo'qotamiz va quyidagini olamiz. (5) Faraz qilaylik zanjirdan o'tadigan tok Iq100A bo'lsin, ampermetrda o'lchash imkoniyati 10A bo'lsin. Shu xususiy hol uchun shunt qarshilikni tanlash kerak. (5)dan quyidagini olamiz. 10RshqRsh+RA 9RshqRA bundan: Rshq bo'ladi. Har bir ampermetrda uning tok o'lchash chegarasi va ichki qarshiligi berilgan bo'ladi. Shunga qarab (6) ifodadan shunt qarshilikni hisoblab olinadi. Adabiyotlar 1. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
420.41 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
420.41 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:16 ]
Arxiv ichida: doc