Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi

Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi

O'quvchilarga / Fizika
Tekis o'zgaruvchan harakat tezligi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 10-mavzu: Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlik va uning grafigi Agar tekis o'zgaruvchan harakatda jismning boshlang'ich tezligi va tezlanishi ma'lum bo'lsa, uning harakat davomidagi ixtiyoriy vaqtda erishgan tezligini hisoblab topish mumkin. Tezlanishning formulasidan jismning t vaqt davomida olgan υ tezligi quyidagicha topiladi: Jism boshlang'ich tezliksiz (t1 = 0 da υ0 = 0) tekis tezlanuvchan harakat qilganida tezlik formulasi quyidagicha ifodalanadi (Δt = t): Boshlang'ich tezliksiz a = 2 ms2 tezlanish bilan harakat qilayotgan jismning tezlik grafigini chizaylik. Buning uchun a= 2 ms2 deb olib, (2) formulada t ga son qiymatlarni beramiz va unga mos bo'lgan υ ning qiymatlarini hisoblaymiz. Natijalarni quyidagi jadvalga yozamiz: Jadvaldagi t va υ ning son qiymatlarini tegishli koordinatalar o'qiga qo'yib, υ0 = 0 hol uchun tekis tezlanuvchan harakatning tezlik grafigini hosil qilamiz (34-rasm). Tekis o'zgaruvchan harakat uchun tezlik grafiklari to'g'ri chiziqdan iborat. To'g'ri chiziq o'tkazish uchun esa vaqtning ikki qiymati va unga mos kelgan tezliklarni grafikda tasvirlash yetarlidir. Ma'lum bir tezlikda ketayotgan jism tekis tezlanuvchan harakat boshlagan holni ko'rib chiqaylik. Masalan, a = 1,5 ms2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning boshlang'ich tezligi υ0 = 4 ms bo'lsin. U holda (1) formuladan t = 0 uchun υ0 = 4 ms, t = 6 s qiymat uchun υ = 13 ms ekanligini hisoblab topamiz. Ularni koordinatalar o'qiga qo'yib, 35-rasmda tasvirlangan grafikni hosil qilamiz. Bu boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning tezlik grafigidir. Demak, jism­­ning boshlang'ich tezligi υ0 ≠ 0 bo'lsa, uning grafikdagi to'g'ri chizig'i υ0 = 0 holdagiga (punktir chiziqqa) nisbatan parallel surilar ekan. Endi tekis sekinlanuvchan harakat, ya'ni a 0 hol uchun tezlik grafigini ko'raylik. Jism υ0 = 15 ms boshlang'ich tezlik va a = -1 ms2 tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilayotgan bo'lsin. (1) formuladan t = 0 qiymat uchun υ = 15 ms, t = 10 s uchun esa υ = 5 ms ekanligini hisoblab topish mumkin. Ularni koordinatalar o'qiga qo'ysak, tekis sekinlanuvchan harakat uchun tezlik grafigi hosil bo'ladi (36-rasm). Tekis sekinlanuvchan harakatda jism oxiri borib to'xtaydi. Buni 36-rasmda to'g'ri chiziqning abssissa o'qi bilan uchrashishidan ham ko'rish mumkin. Haqiqatan ham, (1) formulada t = 15 s uchun υ = 0 bo'ladi, ya'ni jism harakatdan to'xtaydi. Demak, tezlik grafigi abssissa o'qiga nisbatan burchak ostida bo'lgan to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, jism tekis o'zgaruvchan harakat qilganligini bilib olamiz. Odatda, jismlar ma'lum bir vaqt davomida tezlanish bilan, keyin o'zgarmas tezlik bilan, so'ng esa sekinlanuvchan harakat qiladi va to'xtaydi. Masalan, joyidan qo'zg'algan velosiрedchi 10 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 497.86 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 497.86 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga