Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l

Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l

O'quvchilarga / Fizika
Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l - rasmi

Material tavsifi

Tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l 7-sinf fizika darsligi asosida 11-mavzu: Yo'l formulasi Tinch holatdagi (υo = 0) jism a tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, t vaqt davomida υ tezlikka erishsin. Shu vaqt davomida jismning bosib o'tgan yo'li quyidagicha ifodalanadi: Bunda υo'rt = at2 ekanligidan foydalanib, boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l uchun quyidagi formulani hosil qilamiz: Boshlang'ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning tezlik grafigi qiyalik bo'yicha yo'nalgan to'g'ri chiziqdan iborat ekanligini bilasiz (38-rasm). Bu rasmda tasvirlangan OBC uchburchak yuzini aniqlaylik. Rasmdagi OABC to'g'ri to'rtburchakning tomonlari at va t ekanligidan, uning yuzi at · t = at2 ga teng. OBC uchburchakning yuzi esa OABC to'rtburchak yuzining yarmiga teng, ya'ni at2 2. Bu jism bosib o'tgan s yo'lni ifodalaydi. υ0 boshlang'ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning t vaqt davomida bosib o'tgan s yo'li 39-rasmda tasvirlangan OABD shakl yuzining son qiymatiga teng bo'ladi. U ikki qismdan - yuzi υ0t bo'lgan OACD to'g'ri to'rtburchak va yuzi at2 2 bo'lgan ABC uchburchakdan iborat. Demak, tekis o'zgaruvchan harakatda jismning bosib o'tgan yo'li quyidagicha ifodalanadi: Yo'l grafigini hosil qilish uchun bosib o'tilgan yo'lning shu yo'lni bosib o'tish uchun sarflangan vaqtga bog'liqligini chizmada ifodalashimiz kerak. Bu chiziq yo'l­­ning vaqtga bog'liqlik grafigi, yoki qisqacha, yo'l grafigi deyiladi. Har qanday tekis harakatlanayotgan jismning yo'l grafigi to'g'ri chiziqdan iborat ekanligini bilamiz Endi tekis o'zgaruvchan harakatdagi jismning yo'l grafigini yasab ko'raylik. Jism tinch holatdan qo'zg'alib (υ0 = 0), a = 2 ms2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan bo'lsin. Yo'l grafigini chizish uchun avval s = at 2 2 formuladan t vaqtning bir necha qiymatiga mos kelgan s yo'lni hisoblaymiz va natijalarni jadvalga yozib chiqamiz: Jadvaldagi t va s ning mos qiymatlarini koordinata o'qlarida aks ettirib, yo'l grafigini hosil qilamiz (40-rasm). Bu grafik egri chiziqdan iborat bo'lib, vaqt ortib borishi bilan bosib o'tilgan yo'l proporsional ravishda ortib boradi. Bunday ko'rinishga ega bo'lgan egri chiziq parabola deb ataladi. Biz boshlang'ich tezligi υ0 = 0 bo'lganida vaqt birligida tezligi bir xil miqdorda oshib boruvchi harakat uchun yo'l grafigini ko'rib chiqdik. Boshlang'ich tezligi nolga teng bo'lib, tekis o'zgaruvchan harakat qilayotgan jism harakatining birinchi sekundida (t = 1 s ) tezlanishning yarmiga teng masofa o'tishini (2) formuladan hisoblab topishimiz mumkin. Demak, birinchi sekundda bosib o'tilgan yo'lni bilgan holda tezlanishni topish mumkin ekan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 931.43 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 931.43 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga