7-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Tekis o'zgaruvchan harakatda tezlanish Notekis harakatning eng oddiy ko'rinishi - bu tekis o'zgaruvchan harakatdir. Qiya novdagi sharcha yoki aravachaning harakati tekis o'zgaruvchan harakatga misol bo'la oladi. Tomizg'ich o'rnatilgan aravachaning qiya tekislikdagi harakatini ko'rib chiqaylik. Tomizg'ichdan bir tekisda har 0,5 sekundda bittadan tomchi tushsin. Aravacha qiya tekislikning yuqori nuqtasidan qo'yib yuborilganida harakat trayektoriyasidagi tomchilar orasidagi masofa ortib borganligini kuzatish mumkin (33-rasm). Bunda: 1 va 2-tomchilar orasi: 5 sm - 0 sm = 5 sm; 2 va 3-tomchilar orasi: 20 sm - 5 sm = 15 sm; 3 va 4-tomchilar orasi: 45 sm - 20 sm = 25 sm; 4 va 5-tomchilar orasi: 80 sm - 45 sm = 35 sm. Demak, tomchilar orasidagi masofa har 0,5 s da 10 sm ga ortib bormoqda. Bundan har 0,5 s da aravachaning tezligi 10 sm:0,5 s = 20 sms ga ortib borishini aniqlash mumkin. Ixtiyoriy teng vaqtlar oraligida tezligining son qiymati bir xil kattalikka o'zgarib boradigan jismning harakatiga tekis o'zgaruvchan harakat deb ataladi. Avtomobil joyidan qo'zg'alib, tezligini bir tekis oshirib borsa, uning harakatini ham tekis o'zgaruvchan (tezlanuvchan) harakat deyish mumkin. Jism tezligi bir tekis kamayib borganda ham tekis o'zgaruvchan harakat bo'ladi. Masalan, sharchani qiya tekislikda pastdan yuqoriga dumalatganda uning tezligi tekis o'zgaruvchan (sekinlanuvchan) bo'ladi. Tekis to'g'ri yo'lda katta tezlikda ketayotgan avtomobilning motori o'chirilsa, u tekis o'zgaruvchan (sekinlanuvchan) harakat qilib, ma'lum yo'lni bosib o'tgandan keyin to'xtaydi. Bundan buyon tekis o'zgaruvchan harakat deganda, tezligining son qiymati tekis ortib boruvchi yoki tekis kamayib boruvchi harakat ko'zda tutiladi. Tezlanish va uning birligi Tekis o'zgaruvchan harakatni tavsiflash uchun tezlanish deb ataluvchi kattalik kiritilgan. υ0 - boshlang'ich tezlik bilan tekis o'zgaruvchan harakatni boshlagan jismning t vaqtdagi tezligi υ ga teng bo'lsa, tezlanish formulasi: Tezlik o'zgarishining shu tezlik o'zgarishi sodir bo'lgan vaqt oralig'iga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik tezlanish bo'lib, a harfi bilan belgilanadi. Tezlanishni quyidagicha ta'riflash ham mumkin: Vaqt birligida jism tezligining o'zgarishiga son jihatdan teng keladigan kattalik tezlanish deb ataladi Tezlanish formulasidan foydalanib, uning birligini topish mumkin. Tezlanishning asosiy birligi sifatida ms2 olingan. xalqaro birliklar sistemasidagi tezlanish birligi - ms2 shunday birlikki, bunda jismning harakat tezligi har 1 s da 1 ms ga o'zgaradi. Tezlanish formulasi sekinlanuvchan harakat uchun ham o'rinlidir. Keyingi vaqt oldingi vaqtdan har doim katta bo'lgani uchun (1) formula maxraji har doim musbat bo'ladi. Kuzatilayotgan vaqtdagi tezlik boshlang'ich tezlikdan kichik bo'lsa, bu formula suratidagi υ - υ0 ayirma manfiy bo'ladi. Masalan, jismning boshlang'ich tezligi υ0 = 20 ms, Δt = 10 s ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
389.93 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
389.93 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: ppt