11-sinf fizika darsligi asosida 24-mavzu: Teleko'rsatuvlarning fizik asoslari. Toshkent - televideniye vatani Hozirgi kunda televizor ko'rmaydigan o'quvchi bo'lmasa kerak. Atrofolam to'g'risidagi ma'lumotlar, turli ko'ngilochar ko'rsatuvlar, multfilmlarni barcha ko'radi. Bundan tashqari, hayotimizda bo'lib o'tadigan yaxshi kunlar, to'ylar, marosimlar va tadbirlarni ham tasvirga tushirib, so'ngra xohlagan kunda qayta ko'rishimiz mumkin. Oyga, Zuhra, Mars sayyoralariga bevosita bormasdan turib, uning sirtini kosmik kemaga o'rnatilgan telekameralar yordamida kuzatishimiz ham televideniyening уutug'i tufaylidir. Xo'sh, videotasvirlar bir joydan ikkinchi joyga qanday uzatiladi? Qabul qilingan joyda signallar yana qanday qilib tasvirga aylanadi? Bu kabi savollar ko'pchilik o'quvchini qiziqtiradi, albatta. Teleko'rsatuvlar amalga oshiriladigan qurilmaning sodda blok-chizmasi 4.12-rasmda keltirilgan. Oldingi mavzuda tovush tebranishlari mikrofon vositasida elektr tebranishlariga aylantirilishi aytib o'tilgan edi. Xuddi shunday tasvir ham dastlab elektr signallariga aylantiriladi. Bu jarayon maxsus videokamera deb ataluvchi qurilmada amalga oshiriladi. Videokamerada hosil qilingan signallar maxsus elektron qurilmada kuchaytiriladi. Modulyatorda, generatorda ishlab chiqilgan yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarga tasvir signallari qo'shiladi. Teleuzatuv qurilmasida alohida radiouzatuv qismi bo'lib, uning ishlashi oldingi mavzuda keltirilgan qurilmadan farq qilmaydi. Teleuzatuv qurilmasining oxirgi blokida modulyatsiyalangan ovoz va tasvir signallari yaxlit holda tarqatuvchi antennaga beriladi. Telepriyomnik qurilmasidagi antennada telesignallar elektr tebranishlariga aylantiriladi. Kirish konturi vositasida kerakli dastur tanlab olinadi. Ajratib olingan kuchsiz signal maxsus elektron blokda kuchaytirilib, detektorga beriladi. Detektor yuqori chastotali signaldan tasvir va ovoz signallarini ajratib beradi. Tasvir signali televizor ekraniga, ovoz signali radiokarnayga beriladi. Hozirgi zamon televizorlari rangli, ovozi turlicha ohangda chiqadigan, masofadan boshqariladigan qilib ishlanadi. Shunga ko'ra, televizorda yuqorida ko'rsatilgan bloklardan tashqari boshqa bloklari ham bo'ladi. Telexabarlar chastotalari 50 MHz va 230 MHz oralig'ida bo'lgan diapazonda tarqatiladi. Bunday to'lqinlar faqat antennaning ko'rinish chegarasidagina tarqaladi. Shuning uchun telexabar bilan katta hududni qamrab olish uchun telexabar tarqatuvchilar balandligini oshirish va ularni zichroq joylashtirish kerak bo'ladi. Teleko'rsatuvlarni yanada uzoqqa yuborish uchun yo'ldosh aloqa tizimidan foydalanish mumkin. Ma'lumki, 1911-yilning 9-mayida Sankt-Peterburg texnologiya institutida B.L.Rozing panjaraning qo'zg'almas tasvirini elektron nurli trubka ekranida hosil qiladi. Televideniyening bundan keyingi rivoji Toshkent bilan bog'langan. O'rta Osiyo davlat universiteti laboranti Boris Pavlovich Grabovskiy harakatli tasvirga ega bo'lgan televizion apparatni yaratish bilan shug'ullanadi. Muhandislar V.I.Popov va N.G. Piskunovlar bilan hamkorlikda radiotelefot apparatining konstruksiyasini ishlab chiqadilar. Unga 1925-yil 9-noyabrda qabul qilish raqami № 4899 bo'lgan guvohnoma va keyin raqami №5592 bo'lgan patent beriladi. Bu loyiha hozirgi zamon televizion sistemasining barcha elementlarini o'z ichiga oladi. Albatta, bu radio orqali ko'rish loyihasini amalga oshirish uchun qo'shimcha apparatura va asboblar zarur edi Unda birinchi marta harakatlanayotgan odamning tasviri ko'rinadi. 4-avgust kuni Toshkent shahrining Alisher Navoiy ko'chasida harakatlanayotgan tramvayning tasviri telefot ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: ppt