Televizor - rasmi

Material tavsifi

Televizor Televizor (TV) yoki oynai jahon televizion signallarni qabul qilib, ularni tasvir vatovushga aylantirib beruvchi elektron qurilmadir. Televizor (tele va lotelevizor viso - qarayman) - telestudiyadan uzatiladigan teleeshittirishlarning elektr signallari (telesignallar) ni kabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo'ljallangan radioelektron qurilma. Rangli va oqqora, statsionar va Kuchma xillari bor. Televizion markazdan tarkatilgan elektr signallarini to'lqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqali televizor ga uzatadi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so'ngra kineskop va radiokarnayga o'tadi. Generatorlar (satr yoyish va kadr yoyish generatorlari) vositasida kineskop ekranida televizion rastr hosil qilinadi. Oqqora televizorda tasvir signallari qora va yorug' elementlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizorlar bir, uch, besh, o'n ikki, o'ttiz bir va boshqa kanalli bo'ladi. televizorda qabul qilish uchun metrli to'lqinlar diapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun televizorlarga alohida moslama - konvertor qo'yiladi. U detsimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa televizion kanal chastotasiga moslab beradi. televizorlarning tuzilishi standartlashtirilgan. Ularning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlab ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvati bilan ta'minlovchi blokdan iboratelevizor Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko'rish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi. Bu blok yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan bo'ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchun bu signallar kuchaytirilganidan so'ng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqaboshqa mustaqil kanallar bo'yicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detektor yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oqqora televizorlardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye tizimi 3 kanalli bo'ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar - kizil (Q), ko'k (K) va zangori (3) ranglar rang qorgichida aralashadi, so'ngra uzatgich modulyatoriga o'tadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan 3 chastota (Q, K va 3) kanaliga bo'linib, rangli kineskopga o'tadi. Sifat ko'rsatkichlari, ekranining o'lchami va foydalanishga qulayligi bo'yicha televizor 4 sinfga bo'linadi: I - II sinfdagisi - statsionar televizorlar, IV sinfdagisi - portativ (ko'chma) televizorlar. Odatda, televizor bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Tlarda, asosan, yarim o'tkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qo'llaniladi. Ekrani tekis va elektrolyuminoforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar yaratilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga