Temperaturani o'lchashda ishlatiladigan uskunalarning turlari

Temperaturani o'lchashda ishlatiladigan uskunalarning turlari

O'quvchilarga / Fizika
Temperaturani o'lchashda ishlatiladigan uskunalarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Temperaturani o'lchashda ishlatiladigan uskunalarning turlari Temperaturani o'lchashda ishlatiladigan uskunalarning turlari. Reja: Kengaytirilgan termometrlar. suyuqlikli shishali termometrlar Manometrik termometrlar Termoelektrik termometrlar Elektrik qarshilik termometrlari Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KENGAYTIRILGAN TERMOMETRLAR. SUYUQLIKLI SHISHALI TERMOMETRLAR Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichi- ga o'rnatilgan termometr suyuqligining hajmi harorat ko'tarilishi yoki pasayishida o'zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometr shisha ballon, kapillar naycha va zahira rezervuaridan iborat. Ter- mometrik moddaning ballon, qisman kapillar naychada va zaxira rezervuaridagi bo'sh qismi inert gaz bilan to'ldiriladi yoki vaku- umda bo'lishi mumkin (harorat +100 °C dan past bo'lganida). To'ldirilgan kapillar yoki shkala bo'linmasining yuqori bo'linma- sidan chiqib turgan kapillar naychaning bir qismi termometrning o'ta qizib ketishidan va buzilib qolishidan himoya qiladi. Rezer- vuar va kapillarning bir qismi tushirilib, o'lchanayotgan muhitning harorati Selsiy gradusida darajalangan kapillardagi suyuqlik sathining holatiga ko'ra aniqlanadi. Konstruksiyasi jihatidan suyuqlikli termometrlar ikki turga, tayoqcha shaklidagi va shkalasi ichiga o'rnatilgan termometrlar- ga bo'linadi (3- rasm). Shkalasi ichiga o'rnatilgan termometrlarda (3-a rasm) kapillar naychasi 2 ingichka bo'lib, rezervuari 1 kengaytirilgan. Shkala darajalari sut rang shisha plastinka 3 da joylashgan bo'lib, kapillar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan qobiq 4 ichiga o'rnatilgan. Tayoqcha shaklidagi termometr (3-b rasm) qalin devorli, tashqi diametri 6-8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillar naychadan iborat. Ularning shkalasi bevosita kapillarning sirtida darajalanadi. Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko'p tarqalgani simobli termometrlardir. Kimyoviy toza simob termometrik modda sifatida qator afzalliklarga ega: haroratlarning keng oralig'ida suyuqlik bo'lsa-da, u shishani ho'llamaydi, toza holatda esa oson olinishi mumkin. 3-rasm. Laboratoriya simobli termometrlari. a) shkalasi ichiga o'rnatilgan; b) tayoqchali. Simob- ning kengayish koeffitsiyenti kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi, bu esa termometr- larning kapillari ingichka qilib tayyorlanishini talab etadi. Si- mobli termometrlarning pastki o'lchash chegarasi -35 °C, ya'ni simobning qotish harorati bilan belgilanadi. Yuqori o'lchash chegarasi 600 °C esa shishaning mustahkamligi tav- siflari bilan belgilanadi. Normal sharoitda simobning qaynash harorati 356,58 °C ni tashkil etishini inobatga olsak, yuqori haroratlarni o'lchash uchun mo'ljallangan termometrlarda simobning va kapillar naychaning ustidagi bo'shliq joy odatda inert gaz bilan to'ldiriladi. Shkalasi 500 °C gacha bo'lgan termometrlar uchun gazning bosimi 20 barni (20105 Nm2) tashkil etadi. Simobdan tashqari, shishali termometrlarda termometrik mod- da sifatida boshqa suyuqliklar, jumladan, metil va etil spirti, kerosin, petroley efiri, pentan va shu kabi organik moddalar ham ishlatiladi. Organik termometrik suyuqliklardan iborat shisha termo- metrlar asosan -200 °C dan +200 °C gacha harorat intervalida ishlatiladi. Ammo bu suyuqliklar shishani ho'llaydi va shuninguchun diametri nisbatan katta kanalli kapillarlarni ishlatishni talab qiladi. Suyuqlikli shishali termometrlarning afzalliklariga o'lchash- ning yuqori aniqligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 857.4 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 857.4 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga