Termodinamika asoslari Reja: 1. Kirish Termodinamikaning birinchi qonuni 3. Termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasi 4. Moddalarning issiqlik sig'imi 1. Kirish Harakat materiyaning mavjudlik formasi bo'lib, energyya moddalar harakatining o'lchovidir, boshqacha aytganda, energiya moddalar harakatining miqdor va sifat jihatidan xarakteristikasidir. Termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo'ladigan munosabatlar haqidagi ta'limotdir. U moddalarning xossalarini energetik jihatdan xarakterlaydi. Termodinamikaning asosan uchta qonuni bor: birinchi qonun energiyaning saqlanish va bir turdan.ikkinchi turga aylanshi qonunining xususiy ko'rinshii bo'lib, energiya xillari orasida sifat va miqdo riy munosabatlar borligini ko'rsatadi. IkkiYachi qonun protsesslarning yo'nalishi haqidagi qonundir. Bu qonun yordami bilan ma'lum sharoitda biror protsess vujudga kelish-kelmasligini va vujudga kelgan vaqtda u qaysi tomonga qarab borishini oldindan aytish mumkin. Uchinchi tsonun entropiyaning absolyut qiymati haqidagi qonundir. Bu qonun ximiyaviy muvozanat sharoitini tajriba qilmay turib hisoblab chiqishga hmijoh beradi. Ximiyaviy protsesslarni termodinamika nuqtai nazaridan tek-shirish?'masalasi ximiyaviy termodinamikaning mazmunini tashkil etadi. Termodinamikani bayon qilishga-kirishar ekanlgaz, bu sohada qo'llaniladigan bir necha tushuncha va terminlar bilan tanishish lozim. Tashqi muhitdan ajralgan deb faraz qilinadigan jism yoki jismlar gruppasi termodinamikada sistema deb ataladi, sistemani tashkil qiluvchi moddalar bir-biriga ta'sir etib turadi. Agar sistemaning xossalari o'zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlar bilan ajralmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralsa, bunday sistema geterogen sistema deb ata-ladi. Agar sistema bilan tashqi muhit orasida na modda va na ener-giya almashinuvi bo'lsa, bunday sistema izolyatsiyalangan sistema deyiladi. Termodinamika juda katta daliliy materialga asoslangan ta'limotdir. Termodinamikaga asos solgan olimlar M. V. Lo-monosov, D. I. Mendeleev, D. P. Konovalov, R. Meyer, R. Klauzis, G. I. Gess, R. Joul, Gelmgolts, S. Karno, V. Gibbs, Ya- Vant-Goff, V. Nernst va boshqalardir. Termodinamika XIX asrningbirinchi yarmida issiqlik protsesslarini va bug' mashinalarida bo'ladigan hodisalarni tekshirish natijasida taraqqiy etdi. Termodinamika hozirgi vaqtda texni-kaning juda ko'p tarmoqlarida katta ahamiyatga ega. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI Termodina mikaning birinchi qonuniga mo'vofiq, alohida olingan sistemada energiyaning umumiy miqdori o'zgarmaydi, energiya yo'qolib ketmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi. Bu asosiy qonunni birinchi marta 1748 yilda M. V. Lomonosov bayon etgan edi. So'ngra 1842 yilda R. Meyer ta'rifladi. XIX asrning o'rtalarida mexanikaviy ishning issiqlikka va issiqlikning mexanikaviy ishga aylanishi ustida olib borilgan juda aniq tajribalar va ularning natijalari hamda undan keyingi tekshirishlar mexanikaviy energiya issiqlikka aylanishy mumkinligini ko'rsatdi. jadval Energiya birliklari orasidagi munosabat 3. TERMODINAMIKA BIRINCHI QONUNINING MATEMATIK IFODASI Har qanday jismda ma'lum energiya zapasi bo'ladi. Jismda bo'lgan barcha energiya zapasi jismning umumiy energiyasi deyi-ladi. Ximiyaviy termodinamikada sistemaning ichki energiyasi degan tushuncha ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
172.77 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
172.77 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: doc