Termodinamikaning I-II qonuni va uning tadbiqlari

Termodinamikaning I-II qonuni va uning tadbiqlari

O'quvchilarga / Fizika
Termodinamikaning I-II qonuni va uning tadbiqlari - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1.KIRISH. 2.TERMODINAMIKANING I-QONUNI. 3.TERMODINAMIKANING I-QONUNINING IZOJARAYONLARGA TADBIQI. 4. ADIABATIK JARAYON. 5. QAYTAR, QAYTMAS VA AYLANMA JARAYONLAR. 6. ISSIQLIK DVIGATELLARI VA SOVUTKICH MASHINALAR. 7. TERMODINAMIKANING II-QONUNI. 8 IDEAL GAZ UCHUN KARNO SIKLI VA UNING F.I.K. 9. TERMODINAMIKANING II-QONUNINING STATISTIK MAONOSI 10. XULOSA. Termodinamikaning I-II qonuni va uning tadbiqlari. Termodinamikaning birinchi bosh qonunini idishdagi gaz misolida ko'rib o'taylik. Bizga silindr shaklidagi idishda porshen ostida gaz berilgan bo'lsin. Porshen idish ichida erkin хarakatlanishi mumkin. Agar idishni temperaturasi yuqori bo'lgan isitgich ustiga qo'ysak, gaz isitgichdan ma'lum miqdorda issiqlik olishi natijasida temperaturasi ortadi. Temperaturani ortishi ichki energiyani U miqdorga ortishiga olib keladi. Gazni dastlabki temperaturasi T1 bo'lsa, gaz ichki energiyasini U1 deyish mumkin. Gaz isitgichga qo'yilgandan keyin temperaturasi T2 ga ko'tarilib, ichki energiyasi U2 bo'lib qoldi. Ichki energiyani o'zgarishi dU=U2-U1 bo'ladi. Jismning boshqa jismlarga berayotgan yoki ulardan olayotgan energiya miqdoriga qarab, ichki energiyasining o'zgarishini aniqlash mumkin. Masalan, gaz kengayish jarayonida porshen yuqoriga ko'tarilib ish bajaradi. Bu ish gaz ichki energiyasining kamayishi хisobiga bajariladi. A =  U =  (U2  U1) = U1  U2 . Gazga issiqlik miqdori berilsa, gazni ichki energiyasi ortishidan tashqari gaz issiqlikdan kengayib, tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishi mumkin, ya'ni porshen dh balandlikka ko'tarilib, gaz dA ish bajaradi. Bunda gazga berilgan dQ issiqlik miqdori gazni ichki energiyasini ortishiga va ish bajarishga sarflanadi: dQ = dU + dA (1) Ushbu matematik ifoda termodinamikaning 1-bosh qonunini ifodalaydi. Bu qonun tabiatning asosiy qonunlaridan bo'lib, termodinamik jarayonlarda energiyaning saqlanish qonunini ifodalaydi. Isitgichdan sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini oshirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarf bo'ladi. Lekin termodinamikaning 1-qonunining (1) ifodasidan sistemaga issiqlik berilganda doim sistema ichki energiyasi ortadi degan хulosa kelib chiqmasligi kerak. Masalan, sistemaga issiqlik berilishiga qaramasdan uni ichki energiyasi kamayishi, yaoni U2 U1 bo'lishi mumkin. Bunday holda (1) ga asosan dA dQ bo'lib, ish sistema olayotgan issiqlik miqdori va sistemaning ichki energiyasini kamayishi hisobiga bajariladi. Ichki energiyani kamayishi U1  U2 =  dU ga teng bo'ladi. Gazni tashqi kuchlarga qarshi bajarayotgan ishi va unga tashqaridan berilgan issiqlik miqdori musbat hisoblanadi. Agar aksincha bo'lsa, ular manfiy ishora bilan olinadi. Gaz ichki energiyasini unga taqshqaridan issiqlik miqdori berish va gaz ustida ish bajarish bilan o'zgatirish mumkin. Bunda gaz ichki energiyasini o'zgartishi gazga berilgan issiqlik miqdori bilan gaz ustida tashqi kuchlar bajargan ishning yiьindisiga teng bo'ladi. U2 - U1 = dQ + dA (2) (2) formuladan (2) formula kelib chiqishi uchun ish ishorasini manfiy olish kerak. CHunki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga