Termoelektr hodisalar

Termoelektr hodisalar

O'quvchilarga / Fizika
Termoelektr hodisalar - rasmi

Material tavsifi

Termoelektr hodisalar Reja: 1.Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma'lumotlar. 2.Termoelektr zanjirlar. 3.Uzatuvchi termoelektrod simlari. Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma'lumotlar. Termoelektr hodisalar - ket maket ulangan turli qattiq o'tkazgichlardan iborat elektr toki zanjirida elektr va issiqlik jarayonlari orasidagi o'zaro bog'lanishga asoslangan fizik g'odisalar. Zeyebek, Peltye va Tomson effektlari Termoelektr hodisalar bo'lib, ular asosida bu hodisalarning miqdoriy kattaliklari aniklanadi. Har xil tarkibli va ulanish nuqtalarida temperatura turlicha bo'lgan ikki o'tkazgichda elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) - termo e.yu.k. qosil bo'lishini nemis fizigi T.I. Zeyebek 1821-yilda kashf etgan. 1953-yilda termo e.yu.k.ning yana bir manbai - elektronlarning fononlarga ergashish effekti ochildi. Agar qattiq jismda tralar o'zgarishi yuz bersa, u holda issiq tomondan sovuq tomonga harakat qilayotgan fononlar soni teskari tomonga Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma'lumotlar. harakatlanayotganlarga nisbatan ko'proq bo'ladi. Natijada fononlar elektronlar bilan to'qnashib, ularni ham o'ziga ergashtiradi va sovuq tomonda manfiy (issiq tomonda musbat) zaryad to'plana boshlaydi. Bu jarayon hosil bo'layotgan potensiallar ayirmasi fononlar harakatini muvozanat holatga keltirguncha davom etadi. Metallarda elektronlar konsentratsiyasi katta va u traga bog'liq emas. Elektronlar energiyasi ham traga bog'liq emas, shuning uchun metallarda termo e.yu.k. kichik. Yarimo'tkazgichlarda va ularning qotishmalarida termo e.yu.k. katta qiymatga erishadi. Chunki ularda tok tashuvchilar konsentratsiyasi kichik va u traga bog'liq bo'ladi. Termoelektrik termometrlar haqida umumiy ma'lumotlar. Tok tashuvchilar oqimida issiklik muvozanatining buzilishi barcha Termoelektr hodisalarga sabab bo'ladi. Barcha termoelektrik koeffitsiyentlarning mutlaq qiymati tok tashuvchilar konsentratsiyasi kamayishi bilan kattalashadi; shuning uchun ular yarimo'tkazgichlarda metallar va ularning qotishyalaridagiga nisbatan o'n va, hatto, yuz marta katta bo'ladi. Termoelektr hodisalar tralarni o'lchashda va issiklik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qo'llaniladi. 6.21- rasm Termoelektr zanjirlar. Agar anod kuchlanishi oshirilib borilsa, dastlab zanjirdagi tok kuchi ham o'sib boradi. So'ngra esa, uning miqdori to'yinish toki deb ataluvchi maksimal qiymatga etgach, o'sishdan to'xtaydi. Bu jarayon, tcmpcraturasi o'zgarmas bo'lgan katoddan ajralib chiquvchi barcha elektronlarning to'liq holda anodga etib borishi ro'y bergunga qadar davom etadi. Bu esa to'yinish tokining zichligi katod materialining emissiya qobiliyatini xarakterlaydi degan xulosaga olib keladi. To'yinish tokining zichligi Richardson-Deshman formulasi bilan aniqlanadi: Termoelektr zanjirlar. bunda A elektronning katoddan chiqish ishi, T- termodinamik temperatura, C- barcha metallar uchun bir xil bo'lgan doimiy. Bu formuladan ko'rinib turibdiki, katod temperaturasi qanchalik yuqori bo'lsa va katoddan elektronlarning chiqish ishi qanchalik kichik bo'lsa, to'yinish tokning zichligi shunchalik katta bo'ladi. Xaqiqatdan xam, sof vol'framdan yasalgan katod temperaturasini 100 К dan 300 К gacha ko'tarilishi natijasida to'yinish tokning zichligi deyarli I016 marta ortadi. Diodning asosiy xususiyati elektr tokini faqat bir yo'nalishda o'tkazishidir. Diodda anod katodga nisbatan musbat potentsialga ega ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga