Termoelektr termometrlarda ikkilamchi asboblar, magnitoelektrik, millivoltmetr va avtomatik potensiometrlar

Termoelektr termometrlarda ikkilamchi asboblar, magnitoelektrik, millivoltmetr va avtomatik potensiometrlar

O'quvchilarga / Fizika
Termoelektr termometrlarda ikkilamchi asboblar, magnitoelektrik, millivoltmetr va avtomatik potensiometrlar - rasmi

Material tavsifi

Termoelektr termometrlarda ikkilamchi asboblar magnitoelektrik millivoltmetr va avtomatik potensiometrlar Reja: 1.Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o'zgarishini kompensatsiyalash usullari. 2.Magnitoelektrik millivoltmetrlar. 3.Avtomatik potensiometrlar. 4.Avtomatik potensiometrlarning o'lchash sxemasini hisoblash. Tayanch iboralar: Magnitoelektrik millivoltmetrlar, erkin uchlar, kompensatsiyalash, avtomatik potensiometrlar, potientsiometrik o'lchash usuli 1.Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining o'zgarishini kompensatsiyalash usullari. Termojuft sovuq ulanmalari harorati o'zgarmas bo'lgandagina to'g'ri o'lchaydi. Ammo bu ulanmalar harorati o'zgarmas bo'lib qola olmaydi. Shuning uchun termometrning sovuq ulanmasini o'lchash obyektidan o'zoqroqqa haroratning o'zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi. Haroratning o'zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko'prik sxemalar qo'llaniladi. (1-rasm). 1-rasm. Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensatsiyalash sxemasi: 1-kompensatsiya ko'prigi; 2-termojuft; 3-millvoltmetr; 4-tok manbai. Ko'prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R1, R2, R3 tomonlari manganindan, R4 tomoni esa misdan ishlanadi. Rg qushimcha qarshilik ko'prikka berilgan kuchlanishni etarli darajada yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Energiya o'zgarmas tok manbaidan olinganda ning o'zgarishiga qarab ko'prikni turlicha darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin. Termojuftdan kompensatsion ko'prikkacha termoelektrod simlar o'tkaziladi, ko'prikdan o'lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi. Termojuft erkin uchlarining darajalanish haroratida ko'prik muvozanat holatda bo'lib, ko'prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo'ladi. Erkin uchlarining harorati o'zgarishi bilan birga qarshilikning qiymati ham o'zgaradi. Natijada ko'prik muvozanati bo'ziladi va uning uchlaridagi potensiallar ayirmasi o'zgaradi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o'zgarishi sababli paydo bo'lgan TEYKning teskari ishorali qiymatiga teng bo'ladi. 2.Magnitoelektrik millivoltmetrlar Termoelektrik termometrlar komplektidagi TEYKni o'lchash uchun millivoltmetr va potensiometrlar qo'llanadi. Millivoltmetr - bu magnitoelektrik o'lchash asbobi bo'lib, ularning ishlash prinsipi o'tkazgichlar va magnit maydonining o'zaro ta'siriga asoslangan. Millivoltmetrning to'zilishi 2-rasmda ko'rsatilgan. Doimiy magnit 1 ning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostilar 8 da aylanadigan o'qlarda joylashgan o'zak 3 orasidagi havo oralig'ida ramka 5 mavjud. Ramka emal yakkaligidagi ingichka mis simning lak bilan biriktirilgan cho'lg'amlaridan iborat. Uning uchlari o'qlar 7 ga ulangan. Ramkaga strelka 10, kronshteyn 9 ulangan. Strelkaning uchi shkala 11 bo'ylab siljishi mumkin. Ramka termojuft zanjiriga ulangan spiral-prujina 6 orqali keladigan tok ramkadan o'tadi. Ramkaning cho'lg'ami orqali tok o'tganda hosil bo'lgan magnit maydoni bilan doimiy magnit maydon o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo'ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta'sir qiladi. Ramkada o'rnatilgan har bir tokning qiymatiga, ya'ni termojuft TEYK ga strelkaning muayyan bir holati to'g'ri keladi. Tok o'tmagan paytda qayishqoq, prujina 6 lar ramkani boshlang'ich holatga qaytaradi. Strelkaning shkala 11 bo'yicha ko'rsatishi esa nolga teng bo'ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlash uchun posangi 4 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 411.72 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 411.72 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga