Тermoqarshiliklar Reja: Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari Bosim datchiklari Sarf datchiklari Тermoqarshiliklar xaroratni qarshilik termometrlari bilan o'lchash xarorat o'zgarishi bilan o'tkazgichlar qarshiligining o'zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o'tkazgich yoki yarim o'tkazgichning omik qarshiligi uning xarorati funksiyasidan iborat, ya'ni R=f(t). Bu funksiyaning ko'rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog'liq. Ko'pchilik toza metallarning elektr qarshiliklari xarorat ko'tarilishi bilan ortadi, metall oksidlar (yarim o'tkazkichlar) ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrini tayerlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo'llaniladi: 1. Metall o'lchanayotgan muxitda oksidlanmasligi va uning ximiyaviy tarkibi o'zgarmasligi kerak. 2. Metallning xarorat qarshilik koeffitsiyenti yetarli darajada katta va stabillashgan bo'lishi lozim. 3. Qarshilik xarorat o'zgarishi bilan to'g'ri yoki ravon egri chiziqli keskin chetlanishlar va gisterezis xolatlarisiz o'zgarishi kerak. 4. Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo'lishi kerak. Ma'lum xaroratlar intervalida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi. Qarshilik termometrining issiqlik sezgir elementi diametri 0,050,07 mm ga teng platina simdan (ТSP) yoki diametri 0,1mm ga teng toza mis elektrolit simdan (ТSM) ishlanadi. Sanoat ishlab chiqaradigan platinali qarshilik termometrlari -200 0S dan + 650 0S gacha bo'lgan xaroratlarni o'lchashga mo'ljallangan. Platina sim (5.5-rasm) chetlari tishli slyuda plastinaga induksiyasiz (biflar) o'raladi. Plastinaga o'ralgan platina sim, uning izolyatsiyasi va mexanikaviy mustaxkamligini ta'minlash uchun, ikki tarafidan slyuda qoplagichlar bilan berkitiladi. Uchala slyuda detal (platina va koplagichlar) kumush lenta bilan paket hosil qilgan. Misli qarshilik termometrlarini sanoatda -50 0S dan + 180 0S gacha xaroratlarni o'lchash uchun chiqariladi. Standart misli qarshilik termometrining emal simi bir necha qavat qilib silindr shaklidagi plastmassa sterjenga o'raladi. Sim lak bilan qoplangan. 2.15-rasm. Тermoqarshilikning sezgirlik elementi. Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari Qishloq va suv xo'jaligida suyuqliq va maxsulotlar satxini aniqlash maqsadida qalqovichli (po'kakli yoki paplavkali) gidrostatik va elektrodli satx datchiklari qo'llaniladi. Qalqovichli datchiklar suyuqlik satxi o'zgarishini qabul qiladigan qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o'zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo'ladi. O'zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.16, a - rasmda potensiometrik o'zgartirgichli qalqovichli satx datchigining sxemasi ko'rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog'lanishi blok (4) orqali o'tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. Qalqovichning og'irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik satxining xar qanday o'zgarishi satx o'lchov birligiga moslangan ikkilamchi o'lchov asbobidagi (UA) kuchlanish o'zgarishiga proporsional ravishda ta'sir qiladi. Qalqovichli satx datchiklari suyuqlik satxining katta katta miqdorda o'zgarishlarini o'lchash uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning xarakatlanib turishidir. Gidrostatik datchiklarda suyuqlik satxini nazorat qilish maxsus silindrik idishdagi suyuqlikning gidrostatik og'irligi o'zgarishiga asoslangan bo'ladi (2.16, b-rasm). Suyuliq bosimi satxini (h) proporsional bo'lib, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
241.42 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
241.42 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: docx