Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi

Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi - rasmi

Material tavsifi

Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi Reja: BTS, ya'ni boshqariluvchan termoyadroviy sintez Termoyadroviy energetika Termoyadroviy reaktor atom reaktori BTS, ya'ni boshqariluvchan termoyadroviy sintez BTS, ya'ni boshqariluvchan termoyadroviy sintez, bu - mutlaqo yangicha energiya manbai bo'lib, u o'ta yengil yadrolarning birikuvi natijasida hosil bo'ladigan ulkan miqdordagi energiyaga asoslanadi. Bu bemisl qudratli, ekologik sof, radiatsion jihatdan esa xavfsiz va amaliyotda mutlaqo tugab-bitmas energiya manbai insoniyat hayotining ravnaq topib, gullab-yashnashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. BTS bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari o'tgan asrning 50-yillaridan boshlangan bo'lib, uning sarchashmasida atoqli olimlar Saxarov, Tamm, Lavrentyev hamda Spitserlar turishgan. Atoqli fizik Kurcxatovning sa'y-harakatlari bilan ushbu loyihaning ilk kunidan boshlab unda dunyoning boshqa yetakchi mamlakatlarining olimlari ham hamkorlik qila boshladilar. Ushbu darajadagi reaksiyani hosil qilish uchun nihoyatda yuqori harorat, ya'ni 100 million gradusli issiqlik kerak bo'ladi. Bunday issiqlikni jilovlagani esa nihoyatda murakkab texnik uskunalar lozim, qolaversa, bu energiya yonib turganida reaktorning devoriga tegmasligini ta'minlamoq shart, uni amalga oshirish uchun juda kuchli magnit maydonini hosil qilish darkor. Lekin shunga qaramay, olimlar tomonidan bu borada juda ulkan ishlar amalga oshirildi. Garchi dastlabki qurilmalardagi plazmaning harorati va zichligi u qadar yuqori bo'lmagan esa-da, bugungi kunda mazkur ko'rsatkichlar termoyadroviy reaksiyani amalga oshirishga qodir darajaga juda yaqinlashib qoldi. Bunga misol tariqasida Buyuk Britaniyadagi JET inshootini (darvoqe, uning ochilish marosimida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta hazrati oliyalari shaxsan ishtirok etgan) yoki Yaponiyadagi JT qurilmasini, Fransiyada qad rostlagan TORE Supra kabi inshootlarni tilga olish mumkin. EAST deb ataluvchi oxirgi avlod reaktori Xitoyda o'rnatilgan bo'lib, uning vositasida plazmaning 50 million gradusgacha qizdirilishiga erishilgan va uni shu holatda 102 soniya davomida tutib turish imkoniyati qo'lga kiritilgan. Qurilish xarajatlari uchun 400 million yevro sarflangan va ochilish tantanalarida Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirok etgan. Germaniyadagi Wendelstein 7-X deb atalmish stellatorda plazmaning haroratini 80 million gradusgacha oshirish va uni chorak soniya muddatda tutib turishga erishilgan. Priston plazma fizika laboratoriyasidagi NSTX-U (National Spherical Torus Experiment) tokamak uskunasi o'z qurilmasining g'ayrioddiyligi, ya'ni xuddi olmaga o'xshab ishlanganligi tufayli g'altaklaridagi magnit maydonidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Massachusets texnologik institutidagi Alcator C-Mod tokamak uskunasida bu boradagi kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori, ya'ni 2 atmosfera bosimga erishildi. Bu yerdagi rekord natija tufayli 35 million gradusda plazma haroratini ikki soniya tutib turishga muvaffaq bo'lindi. Shuningdek, yuqori energiyani lazer taramlari va yuqori energetik zarralar yordamida tutib turish borasida ham bir qator izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu tajriba uskunalari Fransiyaning Kadarash shahri, Marsel yaqinidagi yadroviy markazda qurilishi olib borilayotgan dunyodagi birinchi (xalqaro eksperimental termoyadroviy reaktor) ITER uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mazkur loyihaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga