Texnika gidravlika asoslari

Texnika gidravlika asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Texnika gidravlika asoslari - rasmi

Material tavsifi

Texnika gidravlika asoslari Reja: Gidromexanik jarayonlar haqida tushuncha Gidrostatik bosimning hosil bo'lishi Nyuton va Nonyuton suyuqliklar Gidromexanika - suyuqlikning muvozanatini va harakatini hamda suyuqlik bilan unga to'la yoki qisman cho'ktirilgan jism o'rtasidagi o'zaro ta'sirini o'rganuvchi fan. Gidromexanik jarayonlar asosan: a) suyuqliklar, gazlar, ularning aralashmalarini truboprovodlar va qurilmalar orqali siljitish; b) har xil jinsli sistemalarni turli usullar bilan ajratish (cho'ktirish, sinflash, filtrlash, sentrifugalash); v) suyuq muhitlarni aralashtirish; g) qattiq jismlarni havo oqimi yordamida uzatish (pnevmatransport); d) mavhum qaynash qatlamining hosil bo'lishi kabilarni o'z ichiga oladi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlari gidravlika fanida o'rganiladi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o'rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o'rganadigan gidrodinamikadan iborat. Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, molekulyar kuchlar ta'siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holatini gaz holat bilan qattiq holat oralig'i deb qaraladi. Suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo'lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. Shuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz ham, suyuqlik ham tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb qaraladi. Suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o'xshaydi : suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma'lum shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo'nalishda bir xil, ya'ni izotopdir; gazlarning qovushqoqligi kichik bo'lib, suyuqliklarnikiga yaqinlashadi; kritik temperaturadan yuqori temperaturada suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo'qoladi. Gidrostatik bosim Sirt va hajm kuchlarining ta'sirida suyuqlikning ichida gidrostatik bosim paydo bo'ladi. Tinch turgan suyuqlik hajmidan elementar yuza ni ajratib olamiz. Ushbu yuzaning turgan holatidan tashqari unga normal bo'yicha yo'nalgan ma'lum bir kuch ta'sir qiladi. Ushbu kuchning elementar yuzaga nisbati o'rtacha gidrostatik bosimni tashkil etadi: (1) Elementar yuzaning ayrim nuqtalaridagi haqiqiy bosim esa turlicha bo'lishi mumkin, ya'ni bir nuqtada ko'proq boshqasida kamroq. Elementar yuzaning qiymati nolga yaqinlashganda kuchning yuzaga nisbati berilgan nuqtadagi haqiqiy gidrostatik bosim deb ataladi: (2) Nyuton va nonyuton suyuqliklari Suyuqliklarning umumlashgan mexanik xossalari nyuton suyuqliklari orqali tushuntiriladi. Berilgan harorat va bosimda nyuton suyuqliklarining qovushqoqligi o'zgarmas qiymatga ega bo'ladi. Murakkab qovushqoqlikka, oqish sharoitlariga bog'liq suyuqliklar, masalan polimer eritmasi, bo'yoq, sellyuloza, pasta, suspenziya kabi suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi, bunday suyuqliklarning qovushqoqlik qiymati siljish tezligiga va uning davomiyligiga qarab o'zgaradi. Nyutonning ishqalanish qonunini quyidagicha yozish mumkin: (3) bu yerda siljish kuchlanishligi (ichki ishqalanish kuchlanishligi), Bu tenglamadagi ning qiymati doimiy musbat bo'ladi. Qovushqoqlikni aniqlash Agar bir-biriga nisbatan harakat qiluvchi suyuqlik qatlamlari yuzasi ga normal o'tkazish paytida uning yo'nalishini tezlik kamroq tomonga qarab olinsa, u holda tezlik gradientining qiymati doimo manfiy bo'ladi. U holda (3) tenglama quyidagicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 111.01 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 111.01 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga