Texnika vositalari yordamida iqtidorli o'quvchilarni aniqlash Reja: Isaak Nyuton: Maykl Faradey: Sharl Ogyusten Kulon: Andre Mari Amper: Dars maqsadlari a) ta'limiy - o'quvchilarning fizika faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirish. Ularda fizika qonunlari asosida tabiatda sodir bo'ladigan jarayonlar, generatorlar yordamida elektr tokini ishlab chiqarish, radiotexnika sohasidagi yangiliklar, ayniqsa eng arzon va ekalogik jihatidan toza bo'lgan quyosh energiyasidan foydalanish to'g'risidagi tushunchalarni shakllantirib borish. b) tarbiyaviy - o'quvchilar etiborini ekologiyaga zarar etkazmaslikka qaratish, shu bilan birga, vatanimizni iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xissa qo'shishlarini shakllantirib borish. v) rivojlantiruvchi - o'quvchilarni oldingi darslar, optika sohasida qilinayotgan ishlar, magnit maydoni yordamida g'altakda tok hosil bo'lish sabablari, o'tkazgichlarning qarshiliklarini aniqlash, tojli va popuk razryadlarning hosil bo'lish sabablari va ularning qonuniyatlaridan olgan bilimlarini muammoli savollar orqali takrorlab borib, javoblarini izohlash va baholash. Darsning borishi. Kirish qismida mustaqil O'zbekiston sharoitida fizika fanining taraqqiyoti haqida qisqacha so'z yuritilishi, o'quvchilarga ekologik jihatidan toza quyosh energiyasidan foydalanishning samarali yo'llari Respublikamiz fizik olimlari sayi-harakatlari bilan 1970 yillarda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Quyosh nuri» stansiyasi misolida tushuntirib beriladi. Bundan tashqari, o'qituvchi O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin turli mamlakatlar bilan, jumladan, Janubiy Korea Respublikasi ta'lim tizimi mutaxassis olimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan izlanishlar haqida gapirib, dars yangi pedagogik texnologiyalar vositasida noan'anaviy uslubda olib borishini eslatib o'tadi. Dars boshlanishidan oldin o'qituvchi 10 ta stol ajratib, ularga fanga oid asboblarni qo'yadi, har bir stol yonida bittadan o'quvchi o'tirib, ular ekspert vazifasini bajaradi. Stollar raqamlangan bo'ladi. O'qituvchi o'zining stolida 10 ta raqamlangan kartochka tayyorlab qo'yadi. Ishtirokchilar uchun xona o'rtasida bir necha stol birlashtirilib 10 ta joy tayyorlab qo'yiladi. (Stolni oq dasturxon va bir nechta vazalarda gullar bilan bezatish mumkin). O'quvchilar sinf xonaga kirib o'z o'rinlarini egallashdan oldin nomerlangan kartochkadan bittadan olishadi va shu nomerli stol yoniga borib undagi asboblarni navbat bilan ishlatib ko'rsatadi, tajribani tushuntirib, qanday fizik hodisaga asoslangan ekanligini asoslab beradi. So'ngra xona o'rtasidagi joyga o'tiradi. Qolgan 9 qatnashchi ham navbat bilan tajribalar ko'rsatishadi. Shu tariqa 10 nafar o'quvchi o'z joylariga o'tirishgach, szo' ekspertlariga beriladi. Ekspert - o'quvchilar gruhdoshlarining javoblarini izohlab, ularning yutuq va kamchiliklarini ko'rsatib berishadi. Keyin har bir ekspert o'zining stoliga kelib javob bergan o'quvchiga balini eshittiradi. Birinchi tur saralash bosqichi tugagach bugungi noan'anaviy darsga tashrif buyurgan buyuk olimlar taklif etiladi. Darsga taklif etilgan Isaak Nyuton, Maykl Faradey, Sharl Kulon va Andre Mari Amper qiyofasidagi o'quvchilarga so'z beriladi. Isaak Nyuton: - Men ingliz fizigi Isaak Nyuton 1643 yilda Grantem shahri yaqinidagi Vulstrob qishlog'ida fermer oilasida tug'ildim. Men fizikaning matematik asoslari - dfferentsial va intergal hisobini yaratdim. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc