Texnologik tizimlar to'g'risida umumiy tushunchalar va ularga berilgan ta'riflar

Texnologik tizimlar to'g'risida umumiy tushunchalar va ularga berilgan ta'riflar

O'quvchilarga / Fizika
Texnologik tizimlar to'g'risida umumiy tushunchalar va ularga berilgan ta'riflar - rasmi

Material tavsifi

Texnologik tizimlar to'g'risida umumiy tushunchalar va ularga berilgan ta'riflar Reja: 1. Texnologik tizim 2. Texnologik tizimlarning texnik ko'rsatkichlari 3. Texnologik tizimlarning ishga yaroqligining tahlili 4. Texnologik tizimning ishga yaroqliligini tahlili 1. Texnologik tizim Texnologik tizim, ishlab chiqarish korxonasida bironta mahsulotni ishlab chiqarish uchun loyihalangan texnologik marshrut asosida, unga mos ravishda joylashtirilgan, shakl hosil qiluvchi harakatlarni ta'minlovchi, yuklovchi-transportirovkalovchi va boshqa mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan qurilmalardan, ishlov beriladigan detal va kesuvchi asboblardan tashkil topgan bo'lib, biron bir mahsulotni ishlab chiqarishga mo'ljallangan texnologik jihoz va anjomlar to'plamidan iborat bo'ladi. Bu texnologik tizim birinchi navbatda o'z sifat ko'rsatgichlari bilan tayyorlanadigan ma'sulotlarga qo'yilgan texnik talablarni qanoatlantira olishi shart. Faqat shu mahsulotlar yuqori sifat ko'rsatgichlari bilan raqobatbardosh mahsulotga aylanadi va bozor iqtisodiyoti sharoitida o'z o'rniga ega bo'ladi. Texnologik tizim oddiy ishlab chiqarish sharoitida dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va detaldan (DMA va d.) iborat bo'lsa, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatilashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida dastgoh o'rnini maxsus va maxsuslashtirilgan yarim avtomat yoki avtomat dastgohlar, raqam dasturi bilan boshqariladigan (RDB) dastgohlar yoki ularning o'rnini to'la to'kis avtomatlashgan dastgoh moduli egallashi mumkin. Bunday hol uchun texnologik tizimda, avtomatik ravishda, asosiy yordamchi va texnologik amallarni bajarish uchun qator maqsadga muvofiq keladigan yuklovchi-transportirovkalovchi (bunker, vibratsiyalanuvchi bunkerlardan, quloqli barabanlardan, sanoat robotlaridan, avtooperatorlardan, asboblarni almashtiruvchi manipulyatorlardan va boshqalardan) qurilmalardan iborat bo'lib, ularning har birini texnik ko'rsatkichlari o'ziga xos xarakterga ega. Ular asosida tuzilgan texnologik tizimning texnik ko'rsatgichining holati matematik hisoblash yo'li bilan ( masalan, o'lchash zanjirini hisoblash) aniqlash mumkin. Bu statik holat uchun to'g'ri, lekin dinamik holat uchun tadqiqotlash va sinashni talab qiladi. Ishlab chiqarishda foydalanish uchun loyihalangan va tayyorlangan yoki ta'mirlash - tiklash ishlardan so'ng texnologik tizimning parametrlari aniqlik normasiga mos kelishi sinovdan o'tkaziladi, mos kelmaslik hollari esa tadqiqot orqali aniqlanadi. Demak, yuqorida aytib o'tganlaridan xulosa qilgan holda, texnologik tizimning strukturasini, shartli ravishda quyidagi ko'rinishda tasvirlash mumkin. rasm. Texnologik tizim strukturasi. BB-boshqarish bo'limi; NB-nazorat bo'limi; MB-manipulyatsiyalash bo'limi; M-moslama; KA-kesuvchi asbob; D-detal; MIB-mexanik ishlov berish bo'limi; I0I1-mos holda, ma'lumotlarning signal ko'rinishda kirishi va chiqishi; Mo, M1 -mos holda, zagotovkaning ishlov berish bo'limiga kirib kelishi va uning tayyor mahsulot holatda chiqib ketishi. 2. Texnologik tizimlarning texnik ko'rsatkichlari Texnologik tizimlarning texnik ko'rsatkichi, birinchi navbatda, uning sonini va sifatini ba'olovchi parametrlarni xarakterlab, uning qo'llanish doirasi to'g'risida asosiy ma'lumotlar beradi. Odatda, bular qatoriga: texnologik tizimda ishlov beriladigan detal shakli, o'lchami va sirtni taominlash uchun zarur bo'lgan ishlov berish maromini (kesish va surish tezligi, kesish kuchi) o'rnatish, texnologik tizimda har turdagi materiallarga ishlov berishga qo'llanila olishini xarakterlovchi texnologik tizimning texnologik imkoni; texnologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 36.49 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 36.49 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga