Texnologik tizimlarni sinovdan o'tkazish Reja: 1 Sinovdan o'tkazishning asosiy turlari 2. Yangi modeldagi tajriba - namuna uchun tayyorlangan dastgohlarni qabul qilib olishdagi sinovdan o'tkazish 3. Dastgohlarning salt harakat holatida sinovdan o'tkazish 4. Dastgohlarni ish bajarish holatida sinovdan o'tkazish 1 Sinovdan o'tkazishning asosiy turlari Ma'lumki texnologik tizimlar tarkibi: dastgoh, moslama, asbob va detaldan iborat. Bularning sinovdan o'tkazish o'ziga xoslikni talab qiladi. Masalan, dastgoh sinovdan (aniqrog'i ularni loyi'alashdagi asos qilib olingan modeldagi dastgoh), odatda, loyi'alashdan avval, so'ng, bu uni tayyorlash jarayonini oxiriga yetkazadi. Dastgohlarni zamonaviy sinovdan o'tkazish quyidagilarni o'z ichiga oladi: yangi modeldagi tajriba - namuna uchun tayyorlangan tizimning qabul qilib olish sinovidan o'tkazish; seriyalab ishlab chiqariladigan texnologik tizimlarni qabul qilib olish va foydalanishga topshirishdagi sinovdan o'tkazish. Moslamalar loyi'alanib, tayyorlanib foydalanishga topshirilishi uchun quyidagi nazariy sinovlardan o'tkaziladi: loyi'aning iqtisodiy tomonini va ishda siljitish hamda ko'tarib - tushirish holda material sarf bo'lishiga; moslamaning o'lcham aniqligiga; detalni o'rnatishga mo'ljallangan yuzalarning mustahkamligiga; moslamadagi og'ir yuklangan detallarni bikirligiga; Kesuvchi asboblar standartlashtirilgan va maxsus holda tayyorlanganligi uchun ular quyidagi sinovlardan o'tkazilgan bo'lishi mumkin: - standartlashtirilgan kesuvchi asboblar, shu asboblarning sertifikatida ko'rsatilgan talablarga javob bera olishi zarur, jumladan, kesuvchi asbobning kesuvchi va tana qismida yoriqlar, yoriqliklarni keltirib chiqaruvchi nuqta ko'rinishidagi chuqurchalar; kesuvchi qismi tana qismiga qo'zg'almas holda biriktirilgan bo'lsa, biriktiruvchi element tutib turuvchi va tutilib turuvchi elementlar orasida hech qanday bo'shliq hosil qilmagan holda tekis yotqizilgan bo'lishi kerak; kesuvchi qism tanaga mexanik usulda biriktirilgan bo'lsa, biriktiruvchi elementning o'lchamlari konstruktiv hisob asosida olingan bo'lib quyidagilarga asoslanishi shart: -maxsus holda meoyorlagan, kesuvchi asboblar hamma hisoblarga, mustahkamlikka, bikirlikka va boshqalarga hisoblab sinab ko'rilgan bo'lishi kerak. Texnologik tizimning oxirgi tashkil etuvchisi - detal zagotovkasini olinishidan boshlab, konstruktiv to'g'ri tanlanganligiga, texnologik ishlov beriluvchanliligiga; tayyor bo'lgan mahsulot shaklidan og'ishga, o'lcham aniqliligiga va yuza sifat ko'rsatkichlari talablariga to'g'ri kelishiga sinovdan o'tkaziladi. Texnologik tizimning tashkil etuvchilaridan asosiysi, bu dastgohlar bo'lganligi sababli, ularda sodir bo'ladigan jarayonlar boshqa tashkil etuvchilardan yuqori turadi. SHuning uchun ham ularni sinovdan o'tkazishga ko'proq a'amiyat beriladi. 2. Yangi modeldagi tajriba - namuna uchun tayyorlangan dastgohlarni qabul qilib olishdagi sinovdan o'tkazish Bu sinov turida dastgohning shu modelini qo'llanilishi maqsadga muvofiqliligiga qarab ishlab chiqarishda sinab ko'riladi. Bu ko'rinishdagi sinov odatda, laboratoriya sharoitida o'tkazilib, sinov natijalari davlat komisiyasiga tavsiya etiladi. Joriy etilgan tipik uslubga asosan metallarga ishlov beruvchi dastgohlarni sinovdan o'tkazishning har turi uchta guruhdan iborat tekshiruvlarni o'z ichiga oladi: statik holatda, salt harakat vaqtida va ish bajarish holatida. Sinovning turiga qarab ularning hajmi va mazmuni biri ikkinchisidan katta farq qiladi. Yangi modeldagi dastgohning qabul qilib ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.68 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.68 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc