Texnologik tizimlarning dinamik holatini eksperimental usulda tadqiqotlash

Texnologik tizimlarning dinamik holatini eksperimental usulda tadqiqotlash

O'quvchilarga / Fizika
Texnologik tizimlarning dinamik holatini eksperimental usulda tadqiqotlash - rasmi

Material tavsifi

Texnologik tizimlarning dinamik holatini eksperimental usulda tadqiqotlash Reja: 1. Texnologik tizimlarning dinamik parametrlarini o'lchash uchun asbob-anjomlar 2. Texnologik tizimlarning tebranishga turg'unligini eksperimental usulda tadqiqotlash 3. Texnologik tizimlarni dinamik holatini AFCHX bo'yicha titrashga turg'unligini tadqiqotlash Bu bob texnologik tizimlarni dinamik holatini eksperimental tadqiqotlash va dinamik parametrlarni o'lchash uchun qo'llaniladigan asbob-anjomlar to'g'risida tushunchalar beradi. 1. Texnologik tizimlarning dinamik parametrlarini o'lchash uchun asbob-anjomlar Texnologik tizimlarning dinamik holatini o'lchash sxemasi tarkibiga (6.1-rasm) quyidagilar kiritilgan: rasm. Texnologik tizimlarning dinamik parametrlarini o'lchash sxemasi. Ma'lumotlarni o'zgartirib beruvchi (MUB), kuchaytirgich (K), ma'lumotlarni hisobga oluvchi pribor (MX OP), ta'minot blogi (TB). Ma'lumotlarni o'zgartirib beruvchi (datchik) - o'lchab olingan ma'lumotlarni (signalni) o'zgartirib berishga, ya'ni noelektrik parametrlarni (uzunlikni, mexanik kuchni, temperaturani va boshqalarni) elektrik (kuchlanish, tok va boshqalar) parametrga aylantirib beradi. Bu MUB - ta'sir ko'rsatadi va kiruvchi parametr deb nom oladi. Keyingi ko'rsatilgan ta'sir natijasi hisoblanib, uni tashqariga uzatiladi va chiquvchi parametr deb ataladi. Datchikning yagona xarakteristikasi -uning sezish qobiliyatidir: S = hN=∆Iδr yoki S= tg α (6.1) bu yerda: N- chiquvchi parametrning o'zgarishi; N- kiruvchi parametrning o'zgarishi; α - o'rinmaning og'ish burchagi. Yuqori sezishga ega bo'lgan datchik kichik ishchi diapazonida o'lchash ishlarini olib bora oladi, quyi sezishga ega bo'lganlari katta diapazonda o'lchay oladi. Datchiklarni asosiy texnik xarakteristikasiga: ishchi chastotalarning chastotasi, temperatura va har qanday qarshilik ko'rsatuvchi omillarni (elektrik va magnit maydoni, mexanik kuchlanish, akustik shovqin va shunga o'xshashlarni) kiritish mumkin. Eksperimental tadqiqot ishlarini olib borishda ikkita guruhdagi datchiklardan foydalaniladi. Ular elektr qarshilik ko'rsatuvchi uskuna va elektrogeneratordan iborat bo'ladi. 1. I va II guruhdatchiklarining asosiy xarakteristikasi I guruhdagi datchik, noelektrik ta'sir ko'rsatuvchi (N) (rasm) elektr qarshiligini (R) o'zgartirishga olib keladi. I a) b) 6.2-rasm. Datchikni ishlashini prinsipial sxemasi: a) elektrik qarshilik ko'rsatuvchi guruh; b) elektrik generator guruhi. Buning hisobiga kuchlanish Ye manbaidan bir tekisda chiqib kelayotgan zanjirdagi elektr toki - I o'zgaradi. Tokning o'zgarishini kuzatib borish uchun mA-milliampermetr priboridan foydalaniladi. II guruh datchiklari noelektrik ta'sirlarni to'g'ridan-to'g'ri elektrik kuchlanishga aylantirib beradi (rasm). Bunda maxsus elektr energiya manbai yo'q. Zanjirdagi kuchlanish millivoltmetr (mV) pribori bilan o'lchanadi. I guruh datchiklarini asosiy xarakteristikasi va ularning tuzilishi. Bu guruhdagi «o'zgartirib beruvchilar» tarkibiga sim va folgadan tayyorlangan tenzodatchiklar kiritilgan. Ular R1 va R2 qarshilikdan iborat yassi element ko'rinishida bo'ladi (6.3-rasm). rasm. Simli tenzodatchik (akselerometr). Bu yassi elementlar : a) ikkita qatlamdan iborat kleylangan yupqa qog'ozdan tashkil topib, unga diametri d=15-30 mm teng bo'lgan sirtmoqsimon sim joylashtirilgan bo'ladi. Bunday usulda tayyorlangan «o'zgartirib beruvchilar» sinovdan o'tkaziluvchi, kuch bilan ta'sir etiladigan detalga kleylanadi va u bilan birgalikda defor-matsiyalanadi. Natijada, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 515.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 515.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga