Texnologik tizimlarning dinamikasi va ularning ko'rsatgichlari

Texnologik tizimlarning dinamikasi va ularning ko'rsatgichlari

O'quvchilarga / Fizika
Texnologik tizimlarning dinamikasi va ularning ko'rsatgichlari - rasmi

Material tavsifi

Texnologik tizimlarning dinamikasi va ularning ko'rsatkichlari Reja: 1. Texnologik tizimlarning dinamik ko'rsatkichlari 2. Texnologik tizimlarning asosiy elemantlarini statik (boshlang'ich) xarakteristikasi 3. Texnologik tizimlarni dinamik holati chastotasining tahlili 4. Texnologik tizimlarning asosiy dinamik sifat ko'rsatkichlari 1. Texnologik tizimlarning dinamik ko'rsatkichlari Texnologik tizimning qo'zg'aluvchi va qo'zg'almas birikmalari kesish, ishqalanish va yuritkich kuchlari ta'sirida elastik deformatsiyaga uchraydi. Elastik texnologik tizim dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va detaldan tashkil topgan bo'lib, ularning deformatsiya miqdori «u» ta'sir etuvchi kuchga bog'liqligi texnologik tizimlarni bikirlikka sinovdan o'tkazishi ma'lum: J=yoki Q=Jy (4.1) Kesish kuchi ishlov berish vaqtida paydo bo'ladigan har xil parametrlarga (masalan, kesuvchi asbobning geometriyasiga, kesish maromiga, ishqalanish va ilashish zonasidagi deformatsiyaga) bog'liq bo'ladi. Keyingi vaqtlarda, kesish kuchi bilan kesilayotgan ma'sulotni kesim maydoni orasidagi chiziqli bog'lanish quyidagi formula orqali aniqlanmoqda: R=Kba (4.2) bu yerda: K- solishtirma kesish kuchi, po'lat materiallar uchun K=200 nmm2; b,a- mos holda kesilayotgan ma'sulotning eni va qalinligi; Ishqalanish jarayoni normal bo'ylab ta'sir etuvchi N kuchdan hosil bo'ladigan ishqalanish kuchga va ishqalanish koeffitsiyenti - ga bog'liq bo'ladi. Agar normal ta'sir etuvchi kuchni normal bikirlik koeffitsiyenti Jn va normal deformatsiya orqali belgilasak. Unda quyidagini yozish mumkin: N= J' Y (4.3) Amonton-Kulon qonuniga asosan: F= J'Y'm (4.4) bu yerda: m-daraja ko'rsatkichi. Quyidagi 4.1-rasmda strelka bilan kesuvchi kuchni va F(t) bilan esa ishqalanish kuchlari tasvirlangan bo'lib, bular ta'sirida elastik texnologik tizim deformatsiya holatida bo'ladi. rasm. Elastik texnologik tizimga kuchlarni ta'sir etish jarayoni. A. Texnologik tizim sxemasi : 1-dastgoh; 2-moslama; 3-kesuvchi asbob; 4-detal; B. Elastik texnologik tizimni deformatsiyalanishidagi kesim qalinligini o'zgarish sxemasi. F(t) va R(t) kuchlar ta'sirida shpindelning moslama va detal bilan hamda supportning keskich bilan birgalikdagi tebranishini alo'hida olib qaraganda majburiy tebranish deb qarash mumkin. Ammo ma'lum bo'lishicha, texnologik tizimni deformatsiyalanishi natijasida ishqalanishda sodir bo'ladigan kuchlarni bir xil qiymatini saqlab qolishiga to'sqinlik qiladi. Masalan, kesish kuchi R(t) o'zgarishi support va shpindel, salazka va stanina, rotor va stator hamda boshqa elementlarning o'zaro holatini o'zgarishiga olib keladi. Bu kesish va kesuvchi asbobni zagotovkaga nisbatan «Y» masofaga siljishiga olib kelishi mumkin (4.1,a-rasm). Buning natijasida kesim qalinligi a-a miqdorga, kesmani ko'ndalang kesim maydoni - miqdorga -ga proportsional holda o'zgaradi. Kesish kuchi esa R1(t) qiymatni qabul qiladi. O'z navbatida kesish kuchini o'zgarishi elastik texnologik tizimni «yangi» siljishiga sababchi bo'ladi va hokazo. Bunday bog'lanishlarni «qayta bog'lanuvchan» deyiladi. CHunki, aniqlashlarga qaraganda, texnologik tizim va kesish jarayoni o'rtasida qayta bog'lanuvchanlik mavjud bo'lib, elastik tizimda ishqalanish kuchini o'zgarishi bilan deformatsiyani o'zgarishi kuzatiladi. Texnologik tizimning elementlari orasidagi bog'lanishlar 3.2-rasmda tasvirlangan. Bu sxemadan ma'lum bo'lishicha jarayonlar (KJ, IJ va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 180.15 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 180.15 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga