Texnologik tizimlarning yot jarayonlar ta'siriga turg'unligi

Texnologik tizimlarning yot jarayonlar ta'siriga turg'unligi

O'quvchilarga / Fizika
Texnologik tizimlarning yot jarayonlar ta'siriga turg'unligi - rasmi

Material tavsifi

Texnologik tizimlarning yot jarayonlar ta'siriga turg'unligi Reja: 1. Majburiy tebranishlar 2. Parametrik tebranishlar 3.Friktsion (ishqalanish kuchi ta'siridagi) avtotebranishlar 4. Texnologik tizimning issiqlikka turg'unligi 5. Texnologik tizimlarning yemirilishga turg'unligi Texnologik tizimlarda tez o'tadigan tebranuvchi jarayonlar ishlov beriladigan detallarning yuza sifat ko'rsatkichlariga va aniqligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi bilan bir qatorda, texnologik tizimni yashovchanligini kamaytiradi va texnologik imkonini pasayishiga yo'l ochib beradi. 1. Majburiy tebranishlar Bu ko'rinishdagi tebranish tashqi davriy g'alayonlantiruvchi kuch ta'sirida, sodir bo'luvchi (3.1-rasm), masalan, kesish jarayonini bir tekisda o'tmasligi (3.1-rasm,a), aylanuvchi detallardagi (elektr yuritma rotori, zagatovka o'rnatilgan shpindel) disbalans (3.1-rasm, b). Tishli uzatmalarning tishlari qadamlarini xatolik bilan tayyorlanishi hisobiga bir tishli g'ildirakni ikkinchi tishli g'ildirak tishi bilan ilashishida urishni hosil bo'lishi. Tebranish pol va havo orqali boshqa dastgohlardan yoki mashinalardan ham uzatilishi mumkin. rasm. Texnologik tizimlarda tebranish turlari. G'alayonlantiruvchi kuch tomonidan kelib chiqadigan tebranishning intensivligi, uni miqdoriga bog'liq bo'lmasdan, texnologik tizimning chastotasiga va uning alo'ida olingan detallarini tebranish chastotasiga mos kelishiga, ya'ni rezonans jarayonini sodir bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Ma'lumki har qanday texnologik tizim ko'p sonli detallardan tashkil topgan bo'lib, har xil chastotaga ega bo'lgan u yoki bu elementlarni rezonans zonasiga tushib qoladi va ularni tebranish intensivligini oshirib yuborishga olib keladi. Buning oldini olishni tebranishni g'alayonlantiruvchi kuchlarni keltirib chiqarishga sababchi omillarni (disk ko'rinishdagi detallarni nobalansligi, uzatkichlarni noaniqliklari) kamaytirish va texnologik tizimni bikirligini oshirish orqali amalga oshirish mumkin. 2. Parametrik tebranishlar Bu ko'rinishdagi tebranishlar o'zgaruvchan parametrlar ta'sirida sodir bo'ladi, ya'ni bunda tebranishni hosil qilish uchun o'zgaruvchan kuch asosiy rolni bajaradi. Odatda bu xildagi parametr texnologik tizimni detalini yoki mexanizmini bikirligi bo'lishi mumkin. Masalan, valdagi konstruktiv element hisoblanuvchi shponka ariqchasi (3.1-rasm,v) yoki tebranuvchi podshipniklardagi o'zgaruvchan bikirlik (3.1-rasm, g). Bu o'zgarmas tashqi R kuch ta'sirida, valni tayanch nuqtaga nisbatan egilishi davriy o'zgarishga olib keladi. O'zgaruvchan bikirlik hisobidan paydo bo'luvchi tebranish, o'z xarakteriga va unga qarshi qo'llaniladigan usullarga nisbatan majburiy tebranishga yaqin turadi. Kesish jarayonida avtotebranish. Dastgohda olib borilayotgan mexanik ishlov berish jarayonida dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va detal har xil shaklga ega bo'lgan xarakterda tebranadi. Avtotebranishda (so'nmaydigan, o'z-o'zini kuchaytirib turuvchi tebranishda) tizimni tebranishini saqlab turuvchi kuch, tebranish jarayonida sodir bo'ladi. Avtotebranish jarayonini nazariy tomondan tushuntirish yo'llari ko'p bo'lib, ulardan quyidagisini misol tariqasida ko'rib chiqish mumkin. Misol. Keskichni zagatovkaga nisbatan siljish traektoriyasi, koordinatalararo bog'lanish nazariyasiga asosan, ellips shaklga ega bo'ladi (3.1-rasm, d). Keskich harakat qilayotgan VnA qismida kesish kuchi R aktiv ish bajaradi, chunki uni yo'nalishi keskichni harakat yo'nalishi bilan mos tushishi mumkin, AmV oraliqda esa salbiy ish bajaradi. CHunki VnA oraliqda kesish kuchini o'rtacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.58 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.58 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga