Mavzu. To'g'ri chiziqli tekis va notekis harakatlar. O'zgarmas, o'rtacha va oniy tezliklar. Ko'chish va tezlikning nisbiyligi. Tezlanish. Tekis o'zgaruvchan harakatdagi yo'l formulasi. Yuqoriga tik otilgan jismning harakati. 1. Mavzuning davlat ta'lim sdandartlari tomonidan qo'yilgan talablar.) To'g'ri chiziqli tekis va notekis harakatlar. O.zgarmas, o'rtacha va oniy tezliklar. Tezlaninsh. Tekis o'zgaruvchan harakatdagi yo'l formulasi. Yuqoriga tik otilgan jismning harakatini tushuntirish. 2. Darsning maqsadi. a)Ta'limiy (ilmiy) To'g'ri chiziqli tekis va notekis harakat , o'zgarmas,o'rtacha va oniy tezliklar, ko'chish va tezlikning nisbiyligi. Tezlanish, tekis o'zgaruvchan harakatdagi yo'l formulasi, yuqoriga tik otilgan jismning harakati haqidagio bilim larni mustahkamlash. b) Tarbiyaviy. Milliy shevalar yordamida o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarni shakllantirish. v) Rivojlantiruvchi (dunyoqarashini shakillantirish) Shu mavzuga oid hayotiy misollar asosida harakat, ko'chish, tezlik, tezlanish haqida ma'lumot berib ularni dunyoqarashini rivojlantirish. 3. Darsning turi. Aralash. 4. Darsning uslubi.Savol-javob,tatqiqot,ma'ruza,tabaqalashtirish, mashq qilish 5.Fanlar aro bog'lanish. Gografiya,matematika. Qo'shimcha adabiyotlar. .Fizika birinchi qisim. (G'aniyv.A.G.Avliyoqulov .G.A.) Toshkent 2002 yil.2.Mexanika va molekulyar fizika (Q.Suyarov,A.Xusanov,L.Xudoyberdieyv ) Toshkent O'qituvchi 2002yil 3.Fizika 9 - sinf I.K.Kikoin A.K.Kikoin. Fizika 1-qism Ma'ruzalar matni. ( A. No'monxo'jayev. A. Xudoyberganov. ) O'qituvchi 2002 yil. Darsning borishi. 1. tashkiliy qism. Salom -alik, davomatni tekshirish, darsga kerakliko'rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash. 2.Uyga vazifani so'rash. O'tilgan mavzuni so'rash va quyidagi savollarni tarqatish. Savollar. 1. Kinematikaning vazifasi? 2, Kinematika qaysi bo'limga tegishli? 3. Jismlarning ilgarilanma harakatiga misollar keltiring? 4. Tabiatda harakatlanmaydigan, absalyut mutloq tinch turgan jism bormi? 5. Sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi? 6. Sanoq boshi nima? 7. Sanoq sistemasiga misollar keltiring? 3. Darsning maqsadi. To'g'ri chiziqli tekis va notwekis harakatlar, o'zgarmas, o'rtacha va oniy tezliklar, ko'chish va tezlikning nisbiyligi, twezlanish, tekis o'zgaruvchan harakatdagi yo'l formulasi, yuqoriga tik otilgan jismning harakati haqida ma'lumot berish. 4. Darsning rejasi. 1. To'g'ri chiziqli tekis va notekis harakat . O'rtacha oniy tezliklar. 2. Ko'chish va tezlikning nisbiyligi. 3.To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat.Tezlanish. Tekis o'zgaruvchan harakatdagi yo'l formulasi. 4. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. 5. Yangi mavzuning bayoni. 1. Harakatlar traektoriya shaklidan qatiy nazar tekis va notekis harakaatlarga bo'linadi. Harakat teraektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lib teng vaqt oraliqlarida teng yo'llarni bosib o'tadigan harakatga to'g'ri chiziqli tekis harakat deyiladi. Masalan ; Agar jism uning harakati kuzatila boshlagandan keyingi bir soati 10 m yo'l bosib keyingi har bir sekund davomida ham 10 m dan yo'l bosib, bu jism tekis harakat qilgan bo'ladi. Tabiatda uchraydigan harakatlardan Yer sirtidagi nuqtalarning sutkalik aylanishidagi harakati tekis harakatga misol bo'la oladi. Moddiy nuqta deb hisoblash mumkin bo'lgan jism tezlikning harakat davomida faqat qiymati ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.17 KB
Ko'rishlar soni
962 marta
Ko'chirishlar soni
228 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.17 KB
Ko'rishlar soni
962 marta
Ko'chirishlar soni
228 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: docx