Texnologik tizimning statik ko'rsatkichlari

Texnologik tizimning statik ko'rsatkichlari

O'quvchilarga / Fizika
Texnologik tizimning statik ko'rsatkichlari - rasmi

Material tavsifi

Texnologik tizimning statik ko'rsatkichlari Reja: 1. Texnologik tizimning geometrik va kinematik aniqligi 2. Texnologik tizim mustahkamligi 3. Texnologik tizimning statik bikirligi 1. Texnologik tizimning geometrik va kinematik aniqligi Geometrik aniqlik - texnik tizimning tashkil etuvchi jihoz va anjomlarning elementlarini o'zaro joylashishi hamda ularning o'zini sifatli tayyorlanganligini xarakterlaydi. Texnologik tizimning hamma elementlari texnik talabdagi geometrik aniqlikni ta'minlay olishi kerak. Texnologik tizimning alohida olingan detallari va mexanizmlarining noaniq joylashishi va asosiy elementlarning, masalan, sirpanma yo'naltiruvchilarni noaniqligi natijasida bular bo'ylab yo'nalayotgan ishchi organlar geometrik traektoriyadan og'adi. Masalan, shpindel tayanchidagi podshipniklarning yoki uni podshipnik o'rnatiladigan bo'yinni oval ko'rinishida tayyorlanishi natijasida, shpindel radial yo'nalishda uradi, bu ishlov beriladigan detalning ko'ndalang kesimi bo'ylab doiraviy shakldan og'ishiga olib keladi. Sirpanma yo'naltiruvchi to'g'ri chiziqlikdan og'ishi texnolo gik tizim tarkibiga kiruvchi dastgoh supporti va stolni berilgan traektoriyadan og'gan holda siljitadi. Bu esa, o'z navbatida ishlov beriladigan yuzani shakldan og'gan holda tayyorlanishiga olib keladi. Quyida sirpanma yo'naltiruvchi va stol yuzalarini to'g'ri chiziqlikdan og'ish aniqligini tekshirish usullari berilgan: 1. O'zbekiston hududlarida qadimdan qo'llanib kelinayotgan SHayton pribori yordamida (2.1 rasm) sirpanma yo'naltiruvchi yoki stol yuza qismi bo'ylab tekislikni va o'rnatish aniqligini tekshirish mumkin. rasm . SHayton bilan yuzani nazorat qilish sxemasi 1-shayton pribori; 2-stolning yuza qismi rasm. Sirpanma yo'naltiruvchi yoki stol yuza qismini «optik» pribor yordamida aniqlikka tekshirish. a) 1-yo'naltiruvchi; 2-ilmoq (ilgak); 3-rolik; 4-po'lat ip; 5-optik asbobni kuzatish oynasi; b) o'lchov natijalari grafigi. Aniqlikka tekshiriluvchi dastgohhning sirpanma yo'naltiruvchi 1-ning yuza qismini bir tomoniga ilgak 2 va ikkinchi tomoniga rolik 3 o'rnatiladi. Ilgakka sirtmoqli po'lat ip 4 ilinib, u rolik orqali Q yuk bilan tarang qilib tortib qo'yiladi. Yo'naltiruvchini elementar qismlarga ajratib, shu elementar qismlar bo'ylab ketma-ket optik pribor 5 siljitilib, po'lat ip bilan yo'naltiruvchining yuzasi orasidagi hi masofalar yozib boriladi. Bu olingan natijalar bo'yicha h-l koordinata o'qlarida nuqtalar belgilanadi. Bu nuqtalar birin-ketin tutashtirilib holat grafigi olinadi (2.2, b- rasm). Berilgan oboektni aniqligi bo'yicha berilgan dopusk qiymatiga asosan h-l koordinata o'qlarining abstsissa chizig'iga parallel chiziq o'tkaziladi va olingan holat grafigi bilan solishtirilib farqlar aniqlanadi. So'ng bu farqlarning tuzatish usullari ko'rib chiqiladi. Kinematik aniqlik - texnologik tizimning tashkil etuvchi zvenolarining kinematik bog'lovchi zanjirni hosil qiluvchi elementlarini tayyorlashdagi va ularni harakatlanishi natijasidan kelib chiqadigan aniqlik xatoliklari bilan xarakterlanadi. Texnologik tizimning kinematik aniqligiga uni tashkil etuvchi qism va mexanizmlarining detallarini tayyorlashdagi o'lcham xatoliklari, detallarni harakatga kelganda sodir bo'ladigan vibratsiya va issiqliklardan kelib chiqadigan xatoliklar ta'sir ko'rsatadi. Bu xatoliklar ishlov beriladigan detalning o'lcham aniqligini va boshqa sifat ko'rsatkichlarni buzilishiga olib keladi. Koordinatalararo teshik kengaytiruvchi dastgohda stolni, detal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 335.48 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 335.48 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga