Tezlik bosimi, induksion va o'zgaruvchan sathli sarf o'lchagichlar

Tezlik bosimi, induksion va o'zgaruvchan sathli sarf o'lchagichlar

O'quvchilarga / Fizika
Tezlik bosimi, induksion va o'zgaruvchan sathli sarf o'lchagichlar - rasmi

Material tavsifi

Tezlik bosimi, induksion va o'zgaruvchan sathli sarf o'lchagichlar Reja: 1. Tezlik bosimi bo'yicha sarf o'lchagichlar. 2. Induksion va o'zgaruvchan satxli sarf o'lchagichlar. 3. Standart toraytuvchi qo'rilmalar. Tayanch iboralar: Tezlik bosimi bo'yicha sarf o'lchagichlar, induksion sarf o'lchagichlar, o'zgarmas bosim farqi sarf o'lchagichlar, rotametrlar. 1.Tezlik bosimi bo'yicha sarf o'lchagichlar Tezlik bosimi bo'yicha sarfni o'lchash dinamik bosimning o'lchanayotgan muhit oqimi tezligiga bog'liqligiga asoslangan. Bernulli tenglamasiga muvofiq to'liq va statik bosimlar ayirmasi (1) bundan (2) bu еrda -o'lchanayotgan muhit harakatining tezligi, ms; - to'liq bosim, Pa; РС - statik bosim, Pa; - dinamik bosim, Pa; -o'lchanayotgan muhit zichligi, kgm3. Shunday qilib dinamik bosimni, binobarin. Suyuqlik yoki gaz harakatining tezligini aniqlash uchun to'liq va statik bosimlar ayirmasini o'lchash lozim. To'liq va statik bosimlar ayirmasini quvurga ochiq naycha 1 va difmanometrlar 2 ni 1- rasmda ko'rsatilganidek o'rnatish yo'li bilan o'lchash mumkin. Difmanometr bilan o'lchangan dinamik bosim (3) bu еrda h - difmanometrdagi suyuqlik sathining farqi, m; g - og'irlik kuchining tezlanishi, ms2, - difmanometrdagi ishchi suyuqlikning zichligi, kgm3. Dinamik bosimning (3) tenglamadagi qiymatini (2) formulaga qo'ysak (4) Ko'rilgan yakka bosimli naycha orqali o'lchash usuli fransuz olimi Pito tomonidan taklif etilgan. Hozirgi paytda gidrodinamik bosimni o'lchash uchun qo'shaloq bosimli naychalar ishlatiladi. Bu naychalarda to'liq va statik bosimlarni o'lchaydigan naychalar konstruktiv birlashgan. Ikkita naychaning birlashishi ham to'liq, ham statik bosimlarni bir nuqtada tanlashga olib keladi, shu sababli o'lchashda birmuncha hatoga yo'l quyilishi mumkin. Shuning uchun (4) formulaga tuzatish koeffitsienti kiritiladi. Unda oqim tezligi (5) -koeffitsient turli naychalar uchun tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Yaxshi tayyorlangan naychalar uchun Re≥700 da ξ koeffitsient birga yaqin bo'ladi, agar Re 700 bo'lsa ξ kamayib boradi. Ishlatilayotgan tezlik naychalari konstruksiyasi orasida normallashgan yarimsferaviy yoki konik uchli qo'shaloq naychalar keng tarqalgan, bu naychalar uchun ξ=1. Tezlik naychasi quvurda parmalangan teshikka shunday o'rnatiladiki, o'lchash silindri o'lchanayotgan modda oqimining o'qiga mos kelgan. Sarfni tezlik naychalari bilan o'lchashda oqimning o'rtacha tezligi aniqlanishi kerak. Ammo oqim o'qidagi tezlik maksimal bo'lib, quvuro'tkazgich devorlariga yaqinlashganda kamayadi. Oqimning maksimal va o'tacha tezligi o'rtasidagi nisbat quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: (6) - oqimning o'rtacha tezligi; - оqimning quvur o'qi bo'yicha maksimal tezligi; Re - quvur diametriga oid Reynolds soni. 2-rasm nisbatni ifodalovchi eksperimental egri chiziq keltirilgan. O'rtacha tezlikni bu usulda aniqlash uchun tezlik naychasi quvur o'qi bo'ylab o'rnatiladi. o'lchanadi, keyin Re hisoblanadi, shundan so'ng tasvir bo'yicha o'rtacha tezlikning qiymati topiladi. Quvurda naycha kirishdan 40…50D masofada joylashishi kerak. Oqimning o'rtacha tezligi va quvo'rning ko'ndalang kesimi ma'lum bo'lsa, sekundli sarf quyidagicha aniqlanadi: (7) bu еrda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga