Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim

Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim

O'quvchilarga / Fizika
Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 25-mavzu: Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim Oldingi mavzuda suyuqlik va gazlarda ichki bosim mavjudligi aytilgan edi. Bu bosimni tinch holatdagi bosim deb ham aytiladi. Suyuqlik yoki gazni tashkil etgan zarralar o'z og'irliklariga ega bo'ladi. Shunga ko'ra, har bir qatlam o'z og'irligi bilan pastdagi qatlamni bosadi. Ular to'planib idish tubiga beriladi. Bu bosimni, shuningdek, gidrostatik bosim deb ham yuritiladi. Uni hisoblab ko'raylik. Suyuqlik ichida qalinligi h bo'lgan qatlam olaylik (30-rasm). Bu qatlam o'z og'irligi bilan pastki qatlamga bosim beradi. Unga ko'ra, suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi, yuzaga bog'liq bo'lmasdan, faqat suyuqlik balandligiga bog'liq bo'lar ekan. Buning isbotini quyidagi tajribada ko'rish mumkin. 31-rasmda shakli va idish tubining yuzasi turlicha bo'lgan shisha naylar keltirilgan. Naylardan biriga ma'lum bir balandlikkacha suv quyilsa, qolgan naylardagi suv sathi ham shu naydagi suv sathi bilan bir xil bo'lishi kuzatiladi. Tublari tutashtirilgan idishlar sistemasiga tutash idishlar deyiladi. Tutash idishlarga choynak, vodoprovod tizimini misol sifatida keltirish mumkin (32-rasm). Quyidagi tajribani o'tkazaylik. Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33- rasm). Rezina shlang o'rtasini qisqich bilan mahkam siqib, bir tomoniga suv quyaylik. So'ngra qisqichni olib qo'ysak, suv bir tomondan ikkinchi tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko'ramiz. Naylardan birini o'z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi. Bundan tutash idishlar qonuni kelib chiqadi: Har qanday shakldagi tutash idishlarning tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarining balandliklari bir xil bo'ladi. Agar tutash idishlarga turli xil suyuqliklar quyilsa nima bo'ladi? Masalan, naylardan biriga yog', ikkinchisiga suv quyilsa, suyuqliklar sathi har xil bo'ladi. Bunda suyuqliklar balandliklari nisbati, suyuqliklar zichliklari nisbati bilan quyidagicha munosabatda bo'ladi: Shunday qilib, zichligi katta bo'lgan suyuqlik ustunining balandligi, zichligi kichik bo'lgan suyuqlik ustunining balandligidan kichik bo'ladi. Demak, yog' quyilgan nayda suyuqlik ustuni suv quyilgan tomoniga nisbatan katta bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 629.45 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 629.45 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga