To'g'ri chiziqli tekis harakat haqida tushuncha

To'g'ri chiziqli tekis harakat haqida tushuncha

O'quvchilarga / Fizika
To'g'ri chiziqli tekis harakat haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 5-mavzu: To'g'ri chiziqli tekis harakat haqida tushuncha Jismning mexanik harakatini tahlil qilish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik. Aravachaga 24-rasmda ko'rsatilganidek tomizg'ich o'rnatilgan bo'lsin. Bir xil vaqt oralig'ida bittadan tomchi tushib tursa, u qaysi vaqtda arava qayerda bo'lganligini belgilab ketadi. Aravachani qo'yib yuborsak, u osilgan yuk ta'sirida harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil bo'lsin (25- rasm). Bu holga aravacha bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo'lni bosib o'tgan, deyish mumkin. Aravaning bunday harakati tekis harakatga misol bo'la oladi. Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil yo'lni bosib o'tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi. Harakat tezligi o'zgarmas bo'lgan jismning harakati tekis harakatdir. Agar avtomobil to'g'ri yo'l bo'ylab tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bosib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi. Soat millari uchining harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi. Lekin ularning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat. Yuqorida keltirilgan misollardagi jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin: 1) tezligi bir xil va trayektoriyasi to'g'ri chiziqli; 2) tezligi bir xil, lekin trayektoriyasi egri chiziqli; 3) trayektoriyasi to'g'ri chiziqli, lekin tezligi har xil. Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin. To'g'ri chiziqli harakat Jismning harakat trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, uning bunday harakati to'g'ri chiziqli harakat deyiladi. 24 va 25-rasmlardagi aravachaning tezligi bir xil yoki har xil bo'lishidan qat'i nazar, ularning harakat trayektoriyasi to'g'ri chiziqlidir. To'g'ri yo'ldan ketayotgan avtomobilning, temiryo'lning to'g'ri qismida yurgan poyezdning, ma'lum balandlikka ko'tarilib olganidan keyingi samolyotning ma'lum bir masofadagi harakatini to'g'ri chiziqli harakat deb olish mumkin. To'g'ri chiziqli tekis harakat 24-rasmdagi aravacha to'g'ri chiziqli, lekin harakat davomida turlicha tezlikda, ya'ni notekis harakat qilganida, uning harakatini to'g'ri chiziqli tekis harakat deb bo'lmaydi. Soat millari bir xil tezlikda, ya'ni tekis harakat qiladi, lekin trayektoriyasi to'g'ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining harakati ham to'g'ri chiziqli tekis harakatga misol bo'la olmaydi. Aravachaning 25-rasmdagi harakatida aravacha ham to'g'ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakatdir. Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 641.44 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 641.44 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga