7-sinf fizika darsligi asosida 6-mavzu: Agar bir xil vaqt oralig'ida bosib o'tilgan yo'l turlicha bo'sa, bir xil masofani o'tishi uchun turlicha vaqt sarflanadi. Masalan, bir xil masofani bosib o'tish uchun avtomobil velosipedchidan kam vaqt sarflaydi. Piyoda bir minutda 100 m masofani bosib o'tsa, Yerning sun'iy yo'ldoshi bu vaqtda 500 km, yorug'lik nuri esa 18 mln kilometrni o'tadi. Kuzatishlarimizdan bir jism ikkinchi jismdan tez yoki sekin harakatlanishini bilamiz. Masalan, velosiрed odamdan tez, avtomobil odam va velosiрeddan tez, tez yurar poyezddan esa sekin harakat qiladi. Samolyotning harakati esa poyezdnikidan ham tezdir (26-rasm). 6-sinf fizika darslaridan jismning bosib o'tgan yo'li s, shu yo'lni bosib o'tishiga ketgan vaqt t, harakat tezligi υ bilan belgilanishini bilasiz. Shularga asosan tekis harakatdagi formulasi quyidagicha ifodalangan edi: Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o'tgan yo'lning shu yo'lni bosib o'tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Jismning tekis harakatdagi tezligi yo'lning istalgan qismida bir xil son qiymatga ega bo'ladi. Har qanday son 1 ga bo'linsa, natija shu songa teng ekanligi ma'lum. Agar (1) formulada t = 1 s bo'lsa, bo'lib qoladi. Demak, tekis harakatda birlik vaqtda bosib o'tilgan yo'l son jihatdan tezlikka teng ekan. Tezlikka quyidagicha ta'rif berish mumkin: Jismni vaqt birligida bosib o'tilgan yo'liga son jihatdan teng bo'lgan kattalikka tezlik deb ataladi. Yuqorida keltirilgan misollarda vaqt birligi sifatida 1 soat olingan. Agar odam 1 soatda 18 km, velosiрed 36 km, avtomobil 90 km, poyezd 144 km, samolyot esa 900 km masofani bosib o'tsa, ularning 1 sekundda qancha masofani bosib o'tishini, ya'ni vaqt sekundlarda ifodalangan tezliklarini hisoblab ko'raylik: odam tezligi υo = 5 ms, velosiрedniki υv = 10 ms, avtomobilniki υa = 25 ms, poyezdniki υp= 40 ms, samolyotniki esa υs = = 250 ms. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan vaqt, masofa va tezlik kabi fizik kattaliklarning aniq o'lchanishiga bo'lgan talab oshib bormoqda. Biz uchun arzimas ko'ringan bir sekundda velosiped bor yo'g'i 10 m masofani bosib o'tsa, Yer Quyosh atrofida aylanishida 29 km, yorug'lik nuri esa bo'shliqda 300 00 km yo'lni o'tadi. Agar Yer sun'iy yo'ldoshlari bilan aloqadagi ma'lumotda 1 sekund xatolikka yo'l qo'yilsa, Yerda harakatlanayotgan avtomobillarga yo'lda harakatlanish haqida ko'rsatma berayotgan «navigator»ning ma'lumotlarida 10 km gacha xatolik kuzatilishi mumkin. Tezlik birligi Xalqaro birliklar sistemasida uzunlik (yo'l) birligi - metr (m), vaqt birligi - sekund (s) qabul qilinganligini bilasiz. XBSda tezlikning birligi sifatida ms qabul qilingan. Agar tezligi 6 ms bo'lsa, jism 1 s vaqtda 6 m masofani bosib o'tadi. Tezlikning asosiy birligi - ms dan tashqari hisoblashda qulay ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
793.41 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
793.41 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: ppt