To'g'ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri

To'g'ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri

O'quvchilarga / Fizika
To'g'ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri - rasmi

Material tavsifi

To'g'ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri 7-sinf fizika darsligi asosida 7-mavzu: Tezlik formulasidan yo'l va vaqtni topish Jismning harakat tezligi ma'lum bo'lsa, tezlik formulasidan uning ixtiyoriy vaqt ichida bosib o'tgan yo'lini topish mumkin: Masalan, jism υ = 8 ms tezlik bilan tekis harakatlanayotgan bo'lsa, u t = 10 s davomida s = υ t = 8 ms · 10 s = 80 m yo'lni bosib o'tadi. Jismning tekis harakatdagi tezligi va bosib o'tgan yo'li ma'lum bo'lsa, tezlik formulasidan uning harakatlanish vaqtini topish mumkin: Tekis harakatlanayotgan jismning harakatlanish vaqtini topish uchun shu vaqt davomida bosib o'tgan yo'lni tezlikka bo'lish kerak. Tezlik grafigi Tekis harakatda t vaqt orta borishi bilan jism tezligi o'zgarmay qolaveradi. Masalan, to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismning boshlang'ich tezligi 10 ms bo'lsa, 10 s, 20 s, 30 s, 40 s, 50 s dan keyin ham uning tezligi 10 ms ga teng bo'laveradi. Bu holda tezlik grafigini 28-a rasmda ko'rsatilganidek tasvirlash mumkin. Umumiy hol uchun aytish mumkinki, tekis harakatda tezlik grafigi vaqt o'qiga parallel bo'lgan o'zgarmas to'g'ri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakatlanish vaqti t ga to'g'ri keluvchi grafik ostidagi shakl to'g'ri turtburchak bo'lib, bu turtburchakning yuzi son jihatdan jism o'tgan yo'l s ga teng bo'ladi (28-b rasm). Yo'l grafigi Jism υ = 5 ms tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsin. Yo'l formulasi s = υt dagi t ga son qiymatlarni berib, s yo'lning tegishli qiymatlarini topamiz va natijalarni jadvalga yozamiz: Jadvaldagi t vaqtning har bir qiymatiga to'g'ri kelgan s yo'lning mos qiymatlarini koordinata o'qlarida aks ettirsak, yo'l grafigini hosil qilamiz (29-a rasm). Tezliklari υ1 = 2,5 ms va υ2 = 5 ms bo'lgan tekis harakatlanayotgan ikkita jismning yo'l grafiklari 29-b rasmda keltirilgan. Grafikdan ko'rinadiki, tezligi katta bo'lgan jism grafigining vaqt o'qiga nisbatan og'ish burchagi kattaroq bo'ladi, ya'ni tikroq joylashadi. Agar yo'l grafigi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, jism o'zgarmas tezlik bilan harakat qilgan bo'ladi, ya'ni tekis harakat yo'l grafigi to'g'ri chiziqdir. Masala yechish namunasi Avtomobil 60 kmsoat tezlik bilan tekis harakat qilmoqda. Uning 15 minut davomidagi harakati uchun tezlik va yo'l grafiklarini chizing. Yechilishi: 15 min = 0,25 soat. Tezlik grafigi tezlik o'qida 60 kmsoat nuqtadan chiquvchi va vaqt o'qiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqdan iborat. Grafikni 0,25 soat bilan chegaralangan qismi hamda vaqt o'qi bilan hosil qilingan to'g'ri to'rtburchakning yuzi (30-a rasm) 60 kmsoat ∙ 0,25 soat = = 15 km ga teng. s = υt formulaga υ = 60 kmsoat qiymatini qo'yib, jadval tuzamiz: Ushbu jadval asosida 30-b rasmda tasvirlangan yo'l grafigini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 685.74 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 685.74 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga