Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta'sirlari

Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta'sirlari

O'quvchilarga / Fizika
Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta'sirlari - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta'sirlari Agar o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasidan istalgan teng vaqtlar ichida teng miqdordagi zaryadlar oqib o'tsa, o'tkazgichdan o'zgarmas tok o'tmoqda deyiladi. O'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasidan oqib o'tgan zaryad miqdori (q) ning shu sarfl angan t vaqt oralig'iga nisbati bilan o'lchanadigan fizik kattalikka tok kuchi deyiladi: Elektr tokining asosiy xarakteristikalaridan biri tok zichligi (j) hisoblanadi. Tok zichligi deb, tok kuchi I ning tok oqib o'tayotgan yo'nalishga perpendikulyar bo'lgan ko'ndalang kesim yuzasi S ga nisbati bilan o'lchanadigan fizik kattalikka aytiladi: ko'rinishda ifodalash mumkin. Bunda: n - zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi; e - elektron zaryadi; vo'rt - zaryadli zarralar tartibli harakatining o'rtacha tezligi; S - tok o'tayotgan o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasi. U holda tok zichligini ne - ko'paytma zaryad zichligini xarakterlaydi (birlik hajmdagi zaryad). Shunga ko'ra j = re vo'rt bo'ladi. Tok zichligi vektor kattalik bo'lib, musbat zarra tezligi vo'rt yo'nalishi bilan mos tushadi. O'tkazgichdagi tok zichligi, o'tkazgich qanchalik darajada elektr energiyasi bilan yuklanganligini ko'rsatadi. O'tkazgichda ortiqcha isrofl arga yo'l qo'ymaslik hamda qimmatga tushmaslik uchun undagi tok zichligini optimal holda tanlash kerak bo'ladi. Tok zichligi kattaligiga o'tkazgich materiali ta'sir etmasa-da, texnikada o'tkazgichning solishtirma qarshiligi va uzunligiga qarab tanlanadi. Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan o'tkazgichlarni tokning tejamkor rejimiga moslab tanlanadi. Xonadonlarda ishlatiladigan simlar uzun bo'lmaganligidan, uning tejamkor tok zichligini 6 - 15 A mm2 oralig'ida olinadi. Xonadondagi suvoq tagiga joylashtirilgan diametri 1,78 mm (2,5 mm2 ) bo'lgan PVX izolyatsiyali mis o'tkazgich 30, hatto 50 A tok kuchiga bardosh bera oladi. Elektr uzatish liniyalarida tejamkor tok zichligi kichik bo'lib, 1-3,4 Amm2 atrofida bo'ladi. Sanoat chastotasi (50 Hz) da ishlaydigan elektr mashinalari va transformatorlarida bu qiymat 1 dan 10 Amm2 gacha boradi. Suyuqliklarda elektr toki o'rganilganda elektrodlarda modda miqdori ajralib chiqqanligi bilan tanishsiz. Demak, ayrim muhitlardan elektr toki o'tganida kimyoviy o'zgarishlar ro'y berar ekan. 8-sinfda, shuningdek, elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishini bilasiz. Demak, elektr tokining issiqlik ta'sirlari ham mavjud. Undan maishiy xizmat, sanoatda keng foydalaniladi. O'tkazgichlardan tok o'tganda uning atrofida magnit maydon bo'lishini ilk bor daniyalik olim Xans Kristian Ersted 1820-yilda aniqlagan edi. Shundan so'ng ko'p o'tmay fransuz olimi Andre Mari Amper tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'sirlashishini ochadi. Keyingi tadqiqotlar tokli o'tkazgichlar magnit maydoni orqali ta'sirlashishini ko'rsatdi. Tokning magnit ta'sirini o'rganish elektrotexnikaning kuchli rivojlanishiga olib keldi. Ta'kidlash joizki, tok metallardan, elektrolitlardan, gazlardan va yarim o'tkazgichlardan o'tganda ham tokning magnit ta'siri mavjud bo'ladi. Metallardan tok o'tganda uning kimyoviy ta'siri kuzatilmaydi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 795.08 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 795.08 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga