10-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash Elektr tokining kimyoviy manbalarining qutblarida hosil bo'ladigan EYuKning qiymati kichik bo'ladi. Masalan, galvanik elementlar turkumiga kiruvchi Daniel elementining EYuK 1,11 V ga, Leklanshe elementiniki 1,4 V ga teng. Kislotali akkumulyatorining zaryadlagan zahoti o'lchangan EYuK 2,7 V bo'lsa, ishqorli akkumulyatorlarniki 1,3 V bo'ladi. Ko'pgina texnik qurilmalarni ishlatish uchun katta kuchlanish talab qilinadi. Masalan, avtomobil motorini aylantirib ishga tushirib yuborish uchun katta quvvatli 12 V li o'zgarmas tok manbayi kerak bo'ladi. Bunday paytlarda elementlar yoki akkumulyatorlarni o'zaro ketma-ket yoki parallel ulash kerak bo'ladi. Tok manbalarini o'zaro ketma-ket yoki parallel ulashda hosil bo'lgan zanjirlardagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblashda Kirxgof qoidalaridan foydalaniladi. Tok o'tkazuvchi simlardan kamida uchtasi uchrashadigan nuqta tugun deyiladi. Tugunga kiruvchi tok yo'nalishini musbat, chiquvchi tok yo'nalishini manfiy deb qabul qilinadi (8.5-rasm). Kirxgofning birinchi qoidasi. Tugunga ulangan o'tkazgichlar orqali kiruvchi va undan chiquvchi toklarning algebraik yig'indisi nolga teng: Tarmoqlangan zanjirlarda har doim tok yo'nalishi bo'yicha bir qancha berk yo'llarni ajratib olish mumkin. Bunday berk yo'llar kontur deb ataladi. Ajratib olingan konturning turli qismlarida turlicha tok o'tishi mumkin. 8.6-rasmda oddiy tarmoqlangan zanjir keltirilgan. Kirxgofning ikkinchi qoidasi. Berk kontur tarmoqlaridagi kuchlanish tushuvlarining algebraik yig'indisi, konturdagi EYuKlarning algebraik yig'indisiga teng: Tok manbalarini hisoblashda chet kuchlarning yo'nalishi musbat hisoblanadi. Mazkur qoidalardan foydalangan holda tok manbalarini ketma-ket va parallel ulab o'rganamiz. Masalani soddalashtirish uchun ulanuvchi barcha elementlarning EYuK lari E ni va ichki qarshiliklari r ni teng deb olamiz. 1. n ta elementni ketma-ket ulab batareya tuzaylik (8.7-rasm). Uni tashqi R qarshilikka ulaylik. Kirxgofning ikkinchi qonunini berk konturga tatbiq qilamiz: Bundan Demak, n ta elementni ketma-ket ulab, batareya tuzilganda umumiy EYuK n marta ortadi. Bunday ulanish tashqi qarshilik, ichki qarshilikdan ko'p marta katta bo'lganida samarasi yuqori bo'ladi. Darhaqiqat, Rnr bo'lganda, (8.19) formuladagi nr ni R ga nisbatan hisobga olmasa ham bo'ladi. U holda ya'ni n ta element ketma-ket ulanganda zanjirdagi tok kuchi, bitta elementga nisbatan n marta bo'ladi. 2. Batareyani n ta elementni parallel ulab zanjir tuzaylik (8.8-rasm). Uni tashqi R qarshilikka ulaylik. Kirxgofning ikkala qonunini berk konturga tatbiq qilamiz. Demak, n ta elementni parallel ulab, batareya tuzilganda umumiy EYuK o'zgarmaydi, ichki qarshiligi n marta kamayadi. Parallel ulash tashqi qarshilik ichki qarshilikka nisbatan kichik bo'lgan hollarda yaxshi samara beradi. R ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:22 ]
Arxiv ichida: ppt