To'la tok qonuni. Solenoid va toroidning magnit maydoni induksiyasini bisoblash Reja: Mavzuni o'rganishning maqsadi va vazifalari. Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o'rganish maqsadlari va vazifalari. Metallarda elektr toki elektron nazariyaning eksperimental asoslari. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlarda zaryad tashuvchilar tabiati. Vakuumda tok mavjud bo'lish shartlari. Mavzuni o'rganishning maqsadi va vazifalari. O'zgarmas tok qonuniyatlari dastlab VII-sinfdagi «Tok kuchi», «Elektr kuchlanish», «Elektr qarshilik», «Elektr tokning ishi», «Tokning quvvati» mavzularida o'rganiladi. O'rta umumiy ta'lim maktab-larning VII-sinfidan farqli o'laroq kasb-hunar kollejlari va litseylarida elektr bo'limini yanada ko'proq masalalari ko'rib chiqiladi.Ular: -o'zgarmas tok mavjud bo'lishi uchun zarur sharoitlar, shunga bog'liq holda tashqi kuchlar va bu kuchlarning ishini ifodalovchi EYuK qarab chiqiladi: -butun zanjir uchun Om qonuni. O'rta umumiy ta'limda, ya'ni, fizika kursining birinchi bosqichida o'tkazgichlarning ketma-ket va paralell ulanishi faqat sifat tomonidan o'rganilgani uchun ikkinchi bosqich dasturiga ko'ra esa bu ulanishlarning miqdoriy qonuniyatlarini o'rganish kiritilgan. Aytib o'tilgan masalalar zanjirning bir qismi uchun Om qonunini ham takrorlashga imkoniyat yaratadi. Sanab o'tilgan masalalarni o'rganish O'zgarmas tok qonunlari mavzusining asosiy ta'limiy masalasini tashkil qiladi. Biroq mavzuning yangi VII-sinfda ko'rilgan qator mavzularni (elektr toki, tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, solishtirma qarshilik, zanjirning bir qismi uchun Om qonuni, tokning ishi va quvvati) bilmasdan muvaffaqiyatli o'zlashtirish mumkin emas. Qaralayotgan mavzuni o'rganish masalalari haqida gapirganda, butun zanjir uchun Om qonuni va EYuK tushunchasini bilmasdan turib elektromagnit induktsiya qonunini va elektrodinamikaning qator masalalarini o'zlashtirish mumkin emasligini nazarda tutish kerak bo'ladi. Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o'rganish maqsadlari va vazifalari. Turli muhitlarda elektr toki moddalar mikrostrukturasi va klassik elektron nazariya elementlari tushunchalari asosida o'rganiladi. Turli muhitlar elektr o'tkazuvchanlik jarayonlarini o'rganish o'quvchilarni elektronikaning fizik asoslari ilmiy-texnik taraqqiyotning eng omilkor va istiqbolli yo'nalishlaridan biri ekanligi bilan tanishtiradi. Biroq mavzuning mazmuni elektronikaning fizik asoslari bilan cheklanib qolmaydi, balki vakuumli diod, tranzistor kabi asboblarning tuzilishi va ishlashi ham qarab chiqiladi. Shu asboblarni o'rganish o'quvchilarni mikro jarayonlar texnikasida foydalanishga tayyorlaydi va o'rganilayotgan mavzuning politexnik ahamiyatini belgilaydi. Nihoyat, har xil muhitlarda elektr tokini o'rganish o'quvchilarning fizika kursida o'rganishi lozim bo'lgan qator asboblar va qurilmalarning tuzilishi va ishlashini tushunish uchun asos soladi. Bunday asboblarga vakuumli fotoelement, rentgen trubkasi, elementar zarrachalar gazorazryad schyotchigi, to'g'rilagich, lampali radio-priyomnik, so'nmas tebranishlar generatori, radiolokatsion qurilma va boshqalar tegishlidir. Turli muhitlarda elektr tokini o'rganish asosida tok kuchining kuchlanishga bog'lanishi (volt-amper xarakteristikasi) va muhitlarda o'tkazuvchanlik mexanizmini taqqoslashga asoslangan yagona metodik konsepsiya (ta'limot) yotadi. Ta'lim metodlarini didaktik jihatdan asosan uch guruhga ajratish mumkin. Ular: ilmiy izlanish xulosa chiqarish va o'qitish metodlaridir. Axborotlarning globallashuvi ta'lim jarayoni zichligini oshirishdagi asosiy omil hisoblanadi. Keyingi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.69 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.69 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: doc