To'qimachilik mahsulotlariga gul bosishning asosiy masalalari

To'qimachilik mahsulotlariga gul bosishning asosiy masalalari

O'quvchilarga / Fizika
To'qimachilik mahsulotlariga gul bosishning asosiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

to'qimachilik mahsulotlariga gul bosishning asosiy masalalari Reja: 1. to'qima materiallariga gul bosishning umumiy masalalari. 2. Kuyultiruvchilar. 3. Gul bosish. to'qima materiallariga gul bosishning umumiy masalalari. Gul bosishning buyashdan farqi shuki, bunda buyovchi modda mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish uskunalari, jarayon sharoitlari, buyovchi modda eritmasi tarkibi murakkabrok bulsa xam, lekin fizik-kimyoviy qonuniyatlar xuddi buyashdagidek utadi. Matoga gul tushiruvchi aralashma buyok deb ataladi va buyash eritmasidan uzining kuyukligi bilan farq qiladi. Gul bosish buyogi tarkibiga: buyovchi modda, kuyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi. Gul bosish uchun ishlatiladigan buyovchi moddalar to'qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam rang berishi lozim. Bu talablarga quyidagi sinf buyovchi moddalari javob beradi: -tsellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda - aktiv, kub, suvda erimaydigan azobuyovchi moddalar va pigmentlar; -oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali metallkompleks buyovchilar va pigmentlar; -atsetat va sintetik tolalar uchun - asosan, dispers buyovchi moddalar va pigmentlar, undan tashqari kislotali (poliamid tolalar uchun), kation (poliakrilonitril tolalar uchun), kub (viskoza va poliefir tolalar uchun) buyovchi moddalar xam kullanishi mumkin. Kuyultiruvchi - bu ko'p komponentli dispers sistema yoki suvda eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar - kuyuklovchilar eritmasi bo'lib, buyovchi modda bilan cheksiz aralashib turgun gul bosish buyogi hosil qiladi. Kuyuklovchilar va buyoklarning texnik va fizik xossalari. Texnik xossalari bu - gul bosish ravonligi, gul chegara chiziqlarining anikligi, buyokning mato qatlamiga kirishish chuqurligi, buyokning nakshvand uymalaridan matoga utish qobiliyati, rang tukligi, buyovchining bog'lanish darajasi. Fizik xossalari kuyultmaning ichki fazoviy qurilishi - reologik xossalaridir. Gul bosish sifati buyokning texnik va fizik (qurilma-mexanik) xossalari orasida bog'liqlikni to'g'ri topishni takozo qiladi. Gul chegara chizigining yoyilib ketishi buyok kovushkokligining susayishi sababidanadir. Bu hodisa esa o'z navbatida buyok ichki qurilmasining mexanik ta'sir ostida buzilishiga bog'liqdir. tashqi ta'sir olingandan sung yana o'z xossalarini tiklay olish qobiliyati uning tiksotronligi deyiladi. Fakat tiksotroplik xossasiga ega kuyuklvchigina gul bosishda ishlatiladi. Buyok tarkibiga buyovchi va kuyuklovchidan tashqari yordamchi moddalar xam kiradi. Ularning tarkibi va miqdori buyovchi modda turiga bog'liq. Gul bosish buyogi xar bir sinf uchun tasdiklanagan tarkib bo'yicha kaynatish yoki aralashtirish usuli bilan tayyorlanadi. Kaynatish usulida buyok tarkibiga kiruvchi barcha moddalar aralashtirilib, aralashtirgich urnatilgan kozonlarda kaynatiladi. Aralashtirish usulida kuyultma eritmasi alohida tayyorlanib, sung buyok tarkibidagi boshqa moddalar eritmasi bilan aralashtiriladi, amalda kuprok shu usuldan foydalaniladi, chunki tayyorlangan buyok bir jinsli bo'lib chikadi. Buyok tarkibida buyovchi modda kontsentratsiyasi eng yuqori bulsa, uni kontsentrlangan (butun) buyok deyiladi va 10 xolida kursatiladi. Maxrajadagi 0 butun buyok tarkibida suyultiradigan kuyultma yukligini kursatadi. Ochrokranglar olish maqsadida butun gul bosish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga