Tovush kattaliklari

Tovush kattaliklari

O'quvchilarga / Fizika
Tovush kattaliklari - rasmi

Material tavsifi

Tovush kattaliklari 6-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu: Tovushlar yo'g'on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan. Tovushning qattiqligi. 125-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg'a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma'lum uzoqlikka borib keladi. Bolg'a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo'ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma'lum kattalikdan kichik bo'lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m2 yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 0,001 mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 1 Wm2 ga borganda, inson qulog'ida og'riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bell sharafiga qo'yilgan. Og'riq sezish bo'sag'asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsi bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko'ra sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110-120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo'naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (127-rasm) ham shunday tovushni yo'naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo'lmaganida, «qulog'i og'ir» odamlar ruporni qulog'iga qo'yib eshitganlar. 2. Tovushning balandligi. Bu kattalik tovush chastotasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, inson gapirganda yoki ashula aytganda bir xil chastotali tebranishlar chiqar masdan, ko'p xil chastotali tebranishlar hosil qiladi. Erkak kishi gapirganda uning tovushida 100 dan 700 Hz gacha, ayol tovushida 200 dan 900 Hz gacha bo'lgan tebranishlar uchraydi. Nog'oradan chiqadigan tovushlar 90 dan 14 00 Hz gacha bo'ladi. 3. Tovush tembri. Unga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki qanday cholg'u asbobi chalina yotganini aniqlash mumkin. Tovush ichidagi ko'p chastotali tebranishlardan eng kichik chastotasi v0 ni asosiy ton deyilib, 2v0, 3v0 va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar deyiladi. Mana shu obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda tovush balandligiga qarab, tovush manbalari turli xil tembrga ega bo'ladi. Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi «Bas» (80-350 Hz), «Bariton» (110-400 Hz), «Tenor» (230-520 Hz) kabilarga, ayollarnikini «Soprano» (260-1050 Hz), «Kontralto» (170-780 Hz), «Messo-soprano» (200-900 Hz) va «Koloratur soprano» (260-1400 Hz) larga bo'linadi. Tovush kattaliklari Tovushlar yo'g'on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 558.11 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 558.11 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga